Yaqin Sharqning bir necha davlatida zo‘ravonliklar ro‘y berdi

Image caption Hujum xorijliklar yashaydigan mehmonxonada bo‘lgan

Tunisning dengiz sohilidagi oromgoh shaharlaridan biri Susda ro‘y bergan hujum oqibatida 30 yaqin inson o‘ldirilgan.

Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, asosan xorijiy sayyohlar keladigan ikki mehmoxonxonaga hujum qilingan.

Bir hujumchi otib o‘ldirilgan, ikkinchisining izidan tushilgan.

Mart oyi asosan xorijiy sayyohlar yig‘ilgan muzeyga hujum oqibatida 22 kishi qurbon bo‘lgan edi.

Mamlakat o‘sha hujumdan beri favqullodda shaylikka keltirilgandi.

Ichki ishlar vazirligining BBCga aytishicha, so‘nggi hodisa "terrorchilik hujumi"dir.

Mulozimlarga ko‘ra, yaralanganlar soni olti nafar.

BBC bilan suhbatda britaniyalik sayyoh qo‘shni mehmonxonada otishma ovozlari eshitganini aytgan. U o‘z derazasidan qo‘lida to‘pponcha ko‘targan shaxsning yugurib ketayotganini ko‘rgan.

Ammo ayni to‘pponchali shaxs xavfsizlik xodimi bo‘lganmi va yo hujumchilardan birimi aniq emas.

Avvalroq, "Islomiy davlat" o‘z izdoshlarini aynan Ramazon oyida ko‘proq hujum uyushtirishga da‘vat qilgandi.

Quvaytda shialar masjidiga hujum

Image copyright EPA
Image caption Quvaytda shialar nishonga olindi

Quvayt poytaxtidagi shialar masjidida Juma namozi vaqti xudkush hujumchi o‘zini portlatib yuborgan.

Hujum oqibatida kamida to‘rt kishi qurbon bo‘lgan.

Ko‘plab insonlar yaralangan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, qurbonlar soni aslida ko‘proq bo‘lishi mumkin.

"Islomiy davlat" bilan aloqasi bo‘lgan guruh hujum uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

"Islomiy davlat"ning Ramazon oyi Suriyadagi qotilliklari

Image copyright EPA
Image caption Vayrona Kobane

Suriyaning chegara shahri sanalgan Kobaneda faollarga ko‘ra, "Islomiy davlat" 120 dan ortiq insonni o‘ldirishgan.

Suriya Inson huquqlarini kuzatish guruhiga ko‘ra, guruh jangarilari kecha shaharni qayta egallashar ekan, "qimirlangan" har jonni nishonga olishgan.

"Islomiy davlat"ning boshqa bir hujumi oqibatida Hassakeh shahrida 60 ming kishi boshpanasiz qolgan.

Bu haqda Birlashgan Millatlar tashkiloti xabar bergan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq