Afg‘oniston: Toliblar hujumida 11 askar o‘ldirilgan

Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida 11 askar Tolibon jangarilari pistirmasida halok bo‘lgan.

Hirot rasmiylarining Bi-bi-siga aytishlaricha, avtomobillar karvoniga yakshanba kechasi Karux tumanida hujum qilingan.

Xabarlarga ko‘ra, Toliblar hodisa joyidan qurol-yarog‘larni ham olib qochishgan.

6 askar tan jarohati olgani ham aytiladi.

O‘tgan hafta shimoliy Qunduz viloyatida janglar kechgandi.

Tolibon harakati aprel oyi oxirlaridan beri xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirgan.

Joriy yil zo‘ravonliklar ko‘lami o‘tgan yilga qaraganda kattaroq bo‘lishi va talofatlar soni rekord darajaga yetishi ehtimolidan xavotirlar bor. Chunki, afg‘on armiyasi qo‘shinlari qator jabhalarda faoliyat qilishlariga to‘g‘ri keladi.

NATOning Afg‘onistondagi 13 yillik jangovor amaliyotlari rasman dekabr oyida nihoya topdi. Ammo, hali ham kichik sondagi harbiy bo‘linma mahalliy kuchlarni tayyorlovdan o‘tkazish hamda dastak berish uchuye qoldirilgan.

Hirot viloyati hokimi voizining Bi-bi-siga aytishicha, o‘tgan tungi pistirmada hayotdan ko‘z yumganlar orasida bir zobit ham bor.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio