Indoneziyadagi uchoq halokati: qurbonlar soni 100 dan oshishi mumkin

Image copyright epa

Indoneziyaning Medan shahridagi aholi yashaydigan hududga harbiy transport uchog‘i qulashi oqibatida 100dan oshiq odam halok bo‘lgani ishoniladi.

Gerkules S-130 uchog‘i ikki uy va mehmonxona ustiga qulab, yirik yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Havo kuchlari rahbari Agus Supriatna hodisa joyini borib ko‘rib, jurnalistlarga uchoq bortida bo‘lgan 113 odamdan hech kim omon qolmaganini aytdi.

Ellikdan oshiq jasadlar kasalxonaga olib ketilgan, qolganlari esa hali qoldiqlar ostidan qidirilmoqda.

BBCning Jakartadagi muxbiri Alis Budisatrixoning aytishicha, uchoqdan faqat dumi qolgan, qolgan qismlari esa parcha-parcha bo‘lgan.

Unga ko‘ra, hodisa joyidagi uylarda odamlar qamalib qolishgan.

Hozircha halokatga nima sabab bo‘lgani va qancha odam o‘lgani borasida ma‘lumot yo‘q.

Uchoq havoga ko‘tarilishidan ko‘p o‘tmay yerga qulagan.

Guvohlar uning bir necha bor o‘tgani va juda past uchganini aytishmoqda.

"U yonayotgandi va qora tutun chiqarayotgandi. Uchinchi marta qaytganida, mehmonxonaning tomiga quladi va portlab ketdi", - dedi bir guvoh.

Janob Supriatnaning aytishicha, uchuvchi texnik muammolar tufayli qo‘nish maydoniga qaytishga ruxsat so‘ragan.

"Uchoq aeroportga qaytish uchun o‘ngga qayrilganida qulagan", - dedi u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio