Kobuldagi hujumda 6 fuqaro halok bo‘ldi

Image copyright AP
Image caption Halok bo‘lganlarning barchasi tinch fuqarolardir

Kobulda hudkush hujumchi NATO karvoniga hujum qilishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan, 19 odam jarohatlangan.

Ularning barchasi oddiy fuqarolardir.

Xabarlarga ko‘ra, portlash AQSh elchixonasi va diplomatik mavze‘ga yaqin hududda, aeroportga eltuvchi katta yo‘lda yuz bergan.

NATO o‘z qo‘shinlaridan hech kim yaralanmaganini bildirdi.

NATO dekabr oyida yirik harbiy amaliyotlariga yakun yasaganidan beri afg‘on xavfsizlik kuchlari Tolibon jangarilariga qarshi kurash vazifasini o‘z zimmalariga olganlar.

Kichik sonli xorijiy qo‘shinlar mahalliy xavfsizlik kuchlarini tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun Afg‘onistonda qolishgan.

Joriy yilning o‘zida kechgan janglar va hujumlarda 4 mingdan oshiq oddiy afg‘onlar nobud bo‘lishgan.

Bu yilgi talafotlar soni o‘tgan yilginikidan ham yuqoriroq bo‘lishi borasida xavotirlar mavjud.

Portlash sahnasi uzra katta qora tutun burqsib chiqayotgani aytiladi.

Mahalliy tibbiy xodimning BBCga aytishicha, 17 yarador ichida bir ayol va uch yosh bola ham bor.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio