'JSST favqulodda holatlarga yaroqsiz'

Image copyright AP
Image caption Virus G‘arbiy Afrikada 11, 000dan ortiq insonning umriga zomin bo‘ldi

"Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti global miqyosdagi favqulodda holatlar bilan hisoblashishga qodir emas".

Ebola xastaligiga oid yangi hisobot mualliflari rahbari Barbara Stoking shunday xulosa qilgan.

Britaniyadagi "Oksfam" xayriya yordam tashkiloti sobiq rahbari Stoking xonimga ko‘ra, tashkilot halokatli Ebola virusini jilovlashning uddasidan chiqa olmagan.

Virus G‘arbiy Afrikada 11, 000dan ortiq insonning umriga zomin bo‘ldi.

Ammo, Barbara Stokingning aytishicha, barcha ayb Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida emas.

"Butunboshli insonparvarlik muassasalari oldinni ko‘rishga qodir bo‘lishmagan", deydi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqilgan mustaqil hisobot butun chop etiladi.

Tashkilot islohotlar uchun rejalar ishlab chiqqan va Ebolaga qarshi kurashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganini tan olgan.

Virus 2013 yildan tarqala boshlagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa, 2014 yil avgustiga kelib, uni xalqaro miqyosdagi favqulodda holat, deya e‘lon qilgan.

Bu vaqtga kelib, virusdan 1,000dan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgandi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq