Srebrenitsa qatliomining qurbonlari xotirlanmoqda

Bosniya Srebrenitsasiga o‘n minglab kishilar bundan 20 yil oldingi qatliom qurbonlarini xotirlash marosimiga yig‘ilganlar.

Yugoslaviya parchalanayotgan paytda kechayotgan urushda Bosniya serblari 8000 musulmon erkak va o‘g‘il bolalar Srebrenitsada otib o‘ldirgan edilar.

11 iyul kuni DNK tekshiruvlari natijasida shaxsi aniqlangan 136 qurbonning jasadi qoldiqlari ham dafn etiladi.

Srebrenitsadagi xotira marosimlariga dunyoning ko‘plab siyosatchilari ishtirok etishlari xabar qilingan.

Ular orasida Ovro‘po Ittifoqi Tashqi siyosat idorasi rahbari Federika Mogerini, sobiq AQSh prezidenti Bill Klinton, Turkiya Bosh vaziri Ahmed Dovuto‘g‘li, Serbiya Bosh vaziri Aleksandr Vuchich va boshqalar bo‘lishlari aytilgan.

Xotira marosimiga Serbiya Bosh vaziri Aleksandr Vuchich ham borgan, biroq g‘azabnok olomon toshlar otib Serbiya bosh vazirini quvib solganlar.

Janob Vuchich bundan oldin xotira kitobiga o‘z ta‘ziyasini yozgan.

"Serbiya ushbu dahshatli jinoyatni qoralaydi va bunda ishtirok etganlarni tutish va adliyaga topshirish ishida davom etadi", deb yozgan Vuchich qatliom so‘zini ishlatishdan qochgan.

Image copyright AFP

O‘sha paytda Amerika prezidenti bo‘lgan Bill Klinton xotira marosimlarida qatnashgan va o‘sha urushni oxiriga yetkazish uzoqqa cho‘zilgani uchun kechirim so‘ragan.

"Men bundan keyin hech qachon bunday qotillik maydonini ko‘rishni xohlamayman", deb aytgan janob Klinton.

Qirg‘in 20 yilligi arafasida ramziy yurish tashkil etilgan, unda 10 mingtacha odam ishtirok etgan.

Har yili Srebrenitsadan 1995 yili qochishga harakat qilgan insonlar yurgan yo‘ldan marsh o‘tkaziladi.

Ovro‘poda Xolokostdan keyingi eng katta vahshiylik bo‘lgan Srebrenitsada uch kun ichida 13 yoshdan 77 yoshgacha bosniyalik 8000 musulmon erkak va bolalar qatl etilgan.

Srebrenitsa hamda Sarayevoda sodir etilgan jinoyatlar Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng jiddiy harbiy jinoyatlar hisoblanadi.

BMT tinchlikparvar kuchlari nazoratida bo‘lgan Srebrenitsa anklavi 1995 yil 6 iyulida Bosniya serblarining generali Ratko Mladich rahbarligidagi qo‘shinlari tomonidan bosib olingan va qurolsiz insonlar qatliom qilingan.

General Ratko Mladich 2011 yilda hibsga olingan.

Hozirgi paytda Hollaniyadagi Gaaga tribunalida uning ustidan mahkama davom etayapti.

Bundan 20 yil oldingi qatliomda gumon qilinayotgan boshqa shaxslar Serbiya va boshqa qo‘shni mamlakatlarda qidirilmoqda, deb aytganlar prokurorlar.

8 iyul kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Srebrenitsa qatliomi masalasini ko‘rib chiqdi.

Unda ushbu jinoyatlarni genotsid deb tan olishga qaror qilindi.

Biroq Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining Srebrenitsa qirg‘inini genotsid deb tan olish haqidagi rezolyutsiyaga veto kiritdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio