Qirg‘iz huquqbonlari: Azimjon Asqarov tezda ozod etilishi kerak

Image caption Азимжон Асқаров унга қўйилган айбловларни рад этиб келган

«Bir dunyo - Qirgiziston» inson xuquqlari tashkiloti Azimjon Asqarovning salomatligi og‘irlashib ketganligi tufayli uning zudlik bilan ozod qilinishi lozim deb aytmoqda.

Qirgizistondagi inson xuquqlari himoyachilari o‘tgan haftada Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentiga, Qirg‘iziston parlamentiga va Oliy sudga Azimjon Asqarovning salomatligi haqida murojat qilishgan.

“Azimjon Asqarovning salomatligi juda og‘ir. Uning ustiga Askarov oltmish yoshdan oshgan. Salomatligi haqida vrachlarning xulosalari bizda bor. U qamoqxonadagi erto‘lada o‘tiradi. Qirg‘iziston hukumati Askarovga amnistiya bersa bo‘lar edi”, - deydi inson xuquqlari himoyachisi "Ыlыm shami" tashkilotining rahbari Aziza Abdirasulova.

Ko‘p yillar davomida inson xuquqlari himoyachilari Askarovni ozod qilish masalasini ko‘tarib kelishmokda. Bir oy avval BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Bishkekka kelganida ham Azimjon Asqarov masalasiga e’tibor qaratgandi.

Azimjon Asqarov 2010 yil 16 iyunda Qirg‘iziston janubidagi fojeaviy iyun voqealaridan keyinoq qamoqqa olingan. Uni iyun voqealari jarayonida ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishda va mahalliy militsiya zobitini o‘ldirishda sheriklikda ayblashgan. 2010 yil 15 sentyabrda Asqarov umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Azimjon Asqarov bu ayblovlarni hamisha inkor etib kelgan.

Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз, телефонимиз: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio