Jazirama issiqdan qanday himoyalansa bo‘ladi?

Image copyright umida.ahmedova

O‘zbekistonga Turkmaniston orqali Erondan kelgan jazirama issiq havo kelgusi hafta oxirigacha davom etadi. Bu haqda mamlakatning favqulodda holatlar bo‘yicha vazirligi xabar tarqatdi.

Vazirlikka ko‘ra, kunduzi harorat +44 gradusgacha ko‘tariladi. Ammo, ko‘pchilik o‘zbekistonliklar uylaridagi termometrlar aslida harorat ancha yuqoriroq ekanini qayd qilganini aytishayapti.

Bu kabi havoda oftob va issiq urushi, ovqatdan zaharlanish, yoqilg‘i va boshqa jihozlarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi va turli mexanizmlarning ishdan chiqishi xavfi oshadi.

Vazirlik mazkur jazirama issiq havoda fuqarolar "oddiy qoidalar"ga bo‘ysunishi kerakligini aytgan.

U ham bo‘lsa: soyada bo‘lish, yengil kiyim va bosh kiyimlarini kiyish, quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar taqish, derazalarni zichlab yopish, sovuq dush qabul qilish, jismonan og‘ir ishlarni qilmaslik, ko‘proq suyuqlik va meva iste‘mol qilish, haddan tashqari ko‘p ovqat va kaloriyaga boy ovqat yemaslik.

O‘zbekistondagi jazirama issiq musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyiga to‘g‘ri kelmoqda. Vazirlik bayonotida ro‘za tutgan fuqarolar uchun alohida maslahat yo‘q.

Siz O‘zbekistonda bo‘lsangiz, issiqdan qanday himoyalanayapsiz? Vazirlik maslahatidan tashqari, yana nimalarni tavsiya qilgan bo‘lardingiz?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio