Oshiq-ma‘shuqlar Toj Mahalda xudkushlikka qo‘l urdilar

Hindu va musulmon oshiq va ma‘shuqa Toj Mahal maqbarasi majmuasiga kirib bo‘yinlariga tig‘ tortganlar.

Shu yo‘l bilan ular sevishganiga yetishishga qarshilik ko‘rsatganlariga norozilik izhor etishga va hayotlarini tugatishga qaror qilganlar.

O‘smirning Hindu, ma‘shuqasining esa muslima bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Agra politsiyasi Toj Mahal ichida qonlariga belanib yotgan yosh yigit va qizni topib olganlar.

So‘ng ular shifoxonaga yetqazilganlar.

Hozir ularning ahvoli barqaror, deb ta‘riflaganlar shifokorlar.

Politsiyaning oshiq yigitga iqtibosan ma‘lum qilishicha, ikki yosh o‘z ota-onalarini uylanishga ko‘ndirmoqchi bo‘lganlar.

Biroq ham Hindu va ham musulmon ota-ona o‘z farzandlarining boshqa dinga e‘tiqod qiladigan inson bilan turmush qurishiga qarshi chiqqanlar.

"Birinchi bo‘lib qiz tomog‘ini kesgan, so‘ng o‘g‘il bola unga ergashgan", deb aytgan politsiyachi.

"Biz birga bo‘lish maqsadidagi barcha harakatlarimiz natija bermaganidan keyin shu ishga qo‘l urdik", deb aytgan oshiq.

Hindistonda bir dindagi insonning ikkinchi dindagiga uylanishiga, bir tabaqadagi insonning yuqori yoki past tabaqadagi deb ko‘riladigan kishi bilan turmush qurilishiga qarshi chiqish ko‘p uchraydi.

Aynan shu sabab "or-nomus haqqi" qotilliklari ko‘p sodir etilishi kuzatiladi.

Toj Mahal esa butun dunyoda eng go‘zal muhabbat ramzi deb ko‘riladi hamda Hindistonning xalqaro sayyohlarni eng ko‘p jalb qiladigan me‘morchilik obidasi hisoblanadi.

Toj Mahal Boburiyzoda podshoh Shoh Jahonning suyukli rafiqasi Mumtoz Mahal xotirasiga bunyod etgan maqbarasidir.

Shoh Jahon suygan yori xotirasiga maqbarani oq marmardan, o‘zining maqbarasini esa qora marmardan barpo etishni rejalagan.

Biroq oppoq Toj Mahalga qaratib qurilishi mo‘ljallangan qora marmar maqbaraning faqat poydevori qo‘yilgan, qurilishni nihoyasiga yetkazish imkoni bo‘lmagan.

Uy qamog‘iga zindonband qilgan Shoh Jahon oxirgi yillari, kunlarini deraza yonida o‘tirib faqat Toj Mahalga qarab o‘tkazgan, ana shu o‘tirgan holida jon bergan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio