Olma-otada sel bois 900 kishi evakuatsiya qilindi

Image copyright tengrinews.kz

23 iyul yarim tunda Olma-ota shahrining ayrim hududlarini sel bosdi.

Tog‘dan oqib keluvchi Qarg‘ali soyining toshishi oqibatida shaharning g‘arbiy janubida joylashgan uy va yo‘llarni suv bosgan.

Rasmiy xabarlarda toshqindan jabr chekkanlar yo‘qligi va 900 ga yaqin odam hodisa joyidan xavfsiz joylarga ko‘chirilgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmlarda mashina, yo‘llar va binolarning suv ostida qolganini ko‘rish mumkin.

Guvohlar suvning qattiq shovqinidan uyg‘onib ketganini aytishgan.

"2:30 larda uyg‘ondim, qattiq shovqin bor edi. Tanishimni uyg‘otib o‘sha tomonga chopdik. Yo‘lni to‘ldirib katta suv oqayotganini ko‘rdik. Butun hayotim ko‘z o‘ngimdan o‘tdi. Uyimizga hech narsa qilmadi, lekin qo‘shnilarimiznikini suv bosdi", - degan tengrinews.kz saytiga Tausamal posyolkasi turg‘uni.

Odamlar orasida Qarg‘ali soyi yuqorisida joylashgan to‘g‘on buzilib ketgani va suv toshqinining ikkinchi bosqichi bo‘lishi mumkindigi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Mish-mishlardan vahimaga tushgan odamlarning o‘z avto ulovlarida shaharni tark etayotgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi.

Biroq Favqulotda vaziyatlar qo‘mitasi to‘g‘onning o‘z joyida turgani, suv sathi me‘yorida ekanigini ta‘kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda fikr qoldiruvchilar, suv toshqini borasida o‘z vaqtida xabar berilmagani odamlar o‘rtasida vahimaning yanada kuchayiga olib kelganini yozishgan.

Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun maxsus kuchlar va harbiylar jalb qilingan.

Olma-ota shahri tog‘ yon bag‘rida joylashgan bo‘lib, shahar yuqorisida to‘g‘onlar bilan bekitilgan yirik suv havzalari mavjud.

Ob-havo xizmati kunlarning isib ketishi ortidan suv toshqini bo‘lishi mumkinligi haqida bundan sal oldinroq ogohlantirgan edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio