Melis Mirzakmatov sirtdan yetti yilga qamaldi

O‘sh shahrining sobiq hokimi Melis Mirzakmatov ustidan bo‘lib o‘tgan mahkamada yetti yilga ozodlikdan mahrum etish hukmi chiqarilgan.

Hukm qarorida O‘sh sobiq rahbarining uy-joyi, mol-mulkini musodara qilish ham ko‘zda tutilgani xabar qilingan.

Melis Mirzakmatov ustidan hukmni O‘sh shahri mahkamasi chiqargan.

Mahkama uni "xizmat vakolatlarini suiste‘mol qilish"da aybdor deb topgan.

Mirzakmatovning o‘zi Qirg‘izistonda bo‘lmagani sababidan hukm sirtdan o‘qilgan.

O‘sh meriga qarshi o‘tgan yili noyabrida Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan, unda Mirzakmatovning shaharning Navoiy ko‘chasida ko‘prik qurishga qaror berish bilan lavozimini suiste‘mol qilganligi aytilgan edi.

Prokuraturaga ko‘ra, Melis Mirzakmatov hech qanday iqtisodiy asos, texnik-iqtisodiy hisob-kitobsiz qo‘l ostidagilarga ko‘prik qurilishini moliyalashni boshlashga ko‘rsatma bergan, natijada mamlakat iqtisodiga 23 million so‘m yoki qariyb 450 ming dollar moddiy zarar yetkazgan.

Melis Mirzakmatov yetakchisi hisoblanadigan "Uluttar birimdigi" partiyasi Mirzakmatovga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini siyosiy buyurtma deb atab tanqid qilgan.

Shu yil yanvarida Internetda o‘z bayonotini e‘lon qilgan Melis Mirzakmatov Bosh prokurataraning o‘ziga qarshi qo‘zg‘atgan jinoyat ishini qoralagan edi.

Yaqinda Mirzakmatovning "Uluttar birimdigi" partiyasi O‘murbek Tekebayev rahbarligidagi "Ata-Meken" partiyasi bilan birlashganini e‘lon qilgan.

Melis Mirzakmatov o‘zining millatchi chiqishlari bilan ko‘zga ko‘ringan siyosatchi hisoblanadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq