"Islomiy Davlat" rossiyalik talabalarni nishonga olmoqda

Image caption Varvara Karaulova uyiga qaytmasligini aytgan

Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati taxminlariga ko‘ra, "Islomiy Davlat" jangarilarining 8 foizga qadari Rossiya pasportiga ega bo‘lganlardir.

Ular orasida talabalarning ham borligi aytiladi.

Iyun oyining birinchi ikki haftasi mobaynida Rossiya televideniyesi Moskva Davlat Universitetining talbasi Varvara Karaulova haqida Prezident Putinga qaraganda ko‘proq gapirdi.

Varvara oliygohda arab tilini o‘rganmoqda edi, lekin bundan boshqa uning Yaqin Sharq bilan aloqasi yo‘qdek edi. Ammo u poytaxtdan yo‘qolib, Suriyaga o‘zini "Islomiy Davlat" deya atovchi guruh saflariga qo‘shilish uchun yo‘l olgani haqidagi xabarlardan so‘ng matbuot e‘tiboriga tushdi.

Karaulovaning Moskvaga qaytishi ham matbuot e‘tiboridan chetda qolmadi.

Uni Turkiyaning Suriya bilan chegaraga yaqin yerda ushlab qidiruv jarayoniga turtki bergan otasining qo‘liga qayta topshirdilar.

Image caption Karaulovaning Moskvaga qaytishi Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan

Karaulovaga o‘xshaganlar Rossiyada talaygina. Uning Moskvaga qaytishidan ikki hafta o‘tib, yana bir obro‘li oliygohlardan biri talabasi Mariyam Ismaylova ham g‘oyib bo‘ldi va taxminlarga ko‘ra u ham "Islomiy Davlat" tomon ketgandi.

Rossiyaning boshqa shaharlaridan bo‘lgan talabalar ham shunday qilganlari ma‘lum.

Ularning kelgusi taqdiri ma‘lum emas, lekin matbuotda bu haqda gapirila boshlanganidan so‘ng rasmiylar "Islomiy Davlat" saflarida necha nafar rossiyalik bo‘lishi mumkinligi haqidagi raqamlarni oshkor qila boshladilar.

Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati o‘zining tekshiruvlari va taxminlari orqasida "Islomiy Davlat" jangarilarining orasida Rossiya pasportiga ega shaxslar ko‘pchilikni tashkil qilishini aniqlagan.

"Bu holat o‘ta achinarli", dedi Rossiya Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov. "Hozirda 2,200 ga yaqin kishi Suriya va Iroqda jangovor harkatlarda ishtirok etmoqdalar".

Image caption Rossiyalik bir qancha talabalarning "Islomiy davlat" safiga kirish uchun borayotganlari xavotir uyg‘otgan

Moskvadagi Karnegi tadqiqot markazidan Aleksey Malashenkoning aytishicha, o‘zini Islomiy Halifalik deya e‘lon qilgan mintqalarda hozirda rus tili arab va ingliz tillaridan so‘ng uchinchi eng keng qo‘llanuvchi tildir.

Oxirgi yil mobaynida "Ilomiy Davlat" guruhi rus tildida olib boruvchi targ‘ibot harakatlarini ham kengaytirdi.

Mart oyida "Islomiy Davlat" o‘zining Al-Bayan radiosida hatto yangiliklar va onlayn formatida turli nashrlarni yo‘lga qo‘ydi.

May oyida esa Furat.Press. nomli jurnal rus tilida chiqarila boshladi.

Huddi shu oyda "islomiy Davlat" o‘zining ko‘p tilli HMC nashri doirasida rus tilida anchayin mukammal "Istok" jurnalini chiqara boshladi.

Image copyright AP
Image caption Rossiyadan "Islomiy Davlat" tomon yo‘l olganlarning eng ko‘pi dog‘istonlik deb ishoniladi

Rasmiylar va kuzatuvchilarning aytishlaricha" Islomiy Davlat" targ‘iboti anchayin samarali bo‘lib borayotgani ko‘zga tashlanadi.

Talabalar va yoshlar ko‘pda ijtimoiy tarmoqlar orqali "yollanadilar" va Rossiyani muhabbat, hissiyot va yaxshiroq hayot umidlari bilan tark etadilar.

Xalqaro Inqiroz Guruhi eksperti Varvara Parxomenkoning aytishicha, "Islomiy Davlat" tomon yo‘l olganlarning eng ko‘pi Dog‘iston Respublikasidandir.

Bundan tashqari Checheniston va Shimoliy Osetiyadan ham "yollanganlar" talaygina.

"Ularning ijtimoiy kelib chiqishlari turlicha", deyi Parxomenko.

"boy, kambag‘al, o‘qimishli yoda yo‘q...Ular nafaqat kurashgani, balki yashash, turmush qurish va da‘vat qilish uchun ketmoqdalar".

Ularning miqyosi rasmiylar va tahlilchilar tomonidan xavotirlar izhor etilishiga sabab bo‘lib, "islomiy Davlat" tomonidan ruszabonlarga qaratilgan targ‘iboti samarasi haqida bosh qotirishlariga undamoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio