Tailandda odam savdosi bo‘yicha 72 kishi hibsga olingan

Image copyright AFP

Tailandning Malayziya chegarasiga yaqin qalin o‘rmonda topilgan topilgan o‘nlab muhojirlar qabrlariga aloqador deb ko‘rilgan 72 shaxs hibsga olingan.

Ular orasida bir politsiya vakili va bir armiya generali borligi xabar qilinmoqda.

Tailand rasmiylariga ko‘ra, bu mamlakat tarixida odam savdosi oldini olish yo‘lidagi eng yirik amaliyot bo‘lgan.

Ushbu hibslar may oyi boshida Tailandning Malayziya chegarasiga yaqin janubiy Songxla viloyati junglisida ommaviy qabrlar, bir kasallikdan holdan toygan inson, uning yonida bir inson jasadi topilganidan keyin boshlangan.

Bu joy odam savdosi bilan shug‘ullanadigan trafikchilarning noqonuniy jamlog‘i bo‘lgan.

Qabrlarning ayrimida bir inson, ayrim qabrlarda esa bir necha inson jasadi ko‘milgan.

Asli Birma va Bangladeshdan kelgan noqonuniy muhojirlar bu jamloqda ushlab turilgan, ularning qarindoshlaridan esa pul talab qilinib, o‘sha pulni qo‘lga kiritmaguncha odam savdogarlari insonlarni jamloqdan chiqarmaganlari taxmin qilinmoqda.

Image copyright Reuters

Ochlik va xastalikdan halok bo‘lgan insonlarning jasadlari qo‘lbola qabrlarda dafn qilingan.

Bir necha kundan keyin yana besh inson jasadi Tailandning boshqa bir hududida topildi, ularning ham odam savdosi qurbonlari ekani taxmin qilindi.

May oyi oxirida Malayziya rasmiylari ham Tailanddagi ommaviy qabrlar topilgan joydan bir necha yuz metr Malayziya territoriyasida muhojirlarniki deb ko‘rilgan qariyb 140 qabr topilganini xabar qildilar.

Ushbu hodisadan keyin Tailand rasmiylari inson traffikingiga aloqasi bor deb gumon qilingan 50 dan ortiq politsiya zobiti o‘z lavozimlaridan chetlatilganlarini xabar qilganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq