O‘zbekiston xavfsiz davlatlar ro‘yxatida 113 o‘rinda

Xalqaro Tinchlik instituti tomonidan tuzilgan reytingga binoan O‘zbekiston tinchliksevar va yashash uchun xavfsiz mamlakatlar orasida 113 o‘rinni egallagan. Bu yil xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston bir pog‘ona pastga tushgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida xavfsizrog‘i Qozog‘iston bo‘lib, 162 davlat orasida 87 qatorni egallagan.

Yashash uchun xavfsizlik darajasi bo‘yicha Qirg‘iziston 121, Tojikiston 108, Turkmaniston 106 o‘ringa loyiq ko‘rilibdi.

Bu borada Rossiya ro‘yxatning oxiridan 10 o‘rin, ya‘ni 152- mamlakat sifatida qayd etilgan.

Eng xavfli mamlakatlar deb Suriya, Iroq va Afg‘oniston tan olingan. Xavfli o‘nlikda yana Janubiy Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Somali, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi, Pokiston, Nigeriya va Shimoliy Koreya kabi davlatlar bor.

Ukraina mamlakatdagi vaziyat bois, ro‘yxatning oxiridan 12 o‘rindadir.

Eng xavfsiz mamlakat esa Islandiya ekan. Undan keyin Daniya, uchinchi o‘rinda Avstriya. Dunyodagi eng xavfsiz va tinchliksevar mamlakatlar o‘nligini Ovro‘po davlatlari tashkil qilgan, shuningdek, Kanadaga 7, Avstraliyaga 9 o‘rin berilgan.

AQSh ushbu reytingga binoan xavfsizlik bo‘yicha 94, Britaniya esa 39 o‘rinda.

Lotin Amerikasidagi eng xavfsiz mamlakat Chili (29), Afrikada Botsvana (31)deb xulosa qilgan xalqaro Tinchlik instituti.

Reytingni tuzgan mutaxassislar fikricha, xavfli mamlakatlar ichiga tushgan Rossiyadagi eng asosiy muammo sifatida qo‘shnilari bilan munosabat, katta miqdordagi atom qurollarining mavjudligi va qurol-yarog‘ eksportining faollashganiga qaratilgan. Hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha Rossiya eng kam baho olgan.

Bundan tashqari ekspertlar ro‘yxatdagi har bir mamlakat aholisining turli jinoyatlar sodir etishlari darajasini ham o‘rganishgan.

Bunda ular mamlakatdagi siyosiy terror darajasi, kuch ishlatar tizimi xodimlarining soni va terrorchilik xavfi qanchalik mavjudligini hisobga olganlar.

O‘tgan yillarga solishtirganda ko‘p mamlakatlardagi vaziyat o‘zgarmay qolgan.

2008 yilda 132 o‘ringa qo‘yilgan Rossiya birdaniga yigirma qator pastga tushgan.

Buning sabablari sifatida terrorchilik xavfi va jinoyatchilik darajasi yuqoriligi ko‘rsatiladi.

Global Peace Index 2007 yildan buyon amal qiladi. Reyting 23 shart-sharoitga qarab tuziladi. Ular orasida mamlakat ichkarisidagi zo‘ravonlik va jinoyatchilik, fuqarolar orasidagi o‘zaro ishonch, muhojirlik oqimi, siyosiy beqarorlik, inson huquqlariga amal qilish kabi omillar qatori qo‘shnilar bilan munosabat va harbiy harajatlar tahlil qilinadi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio