Turkiya: harbiy karvonga hujumda ikki askar halok bo‘lgan

Image copyright
Image caption Hodisa Turkiya kuchlari kurd bo‘lginchilari jamloqlarini havo hujumiga tutganidan o‘tib kuzatilmoqda.

Turkiya janubi-sharqida minalashtirilgan avtomashinaning portlashi natijasida ikki asar halok bo‘lgan, to‘rt nafari yaralangan.

Diyorbakir viloyati hokimligiga ko‘ra, armiya karvoniga hujum Lije shahrida shanba kuni kechqurun sodir etilgan.

Hujumdan bir necha soat oldin esa Turk uchoqlari Shiroq shimolidagi kurd bo‘lginchilari bazalarini bombalagan edi.

Turkiya 2013 yil bahorida Turkiya va kurd bo‘lginchilari o‘rtasidagi otishmani to‘xtatish kelishuvidan buyon ilk bor harbiy kuch qo‘llagan.

Image copyright Getty Images

Kurd Ishchilar partiyasi Turkiya armiyasining keyingi harakatlari to‘xtatilmas ekan, kelishuvni to‘liq barbod qilish bilan tahdid qilmoqda.

Turkiyadagi tartibsizliklar o‘tgan hafta kurd faollarining Suruj shahridagi namoyishida portlash yuz berganidan so‘ng kuchayib ketdi. Hudkush portlash talabalar doxil kamida 30 insonning umriga zomin bo‘ldi. Talabalar Kobanidagi odamlarga yordamga borishga hozirlik ko‘rib yig‘ilganlar.

Image copyright AFP
Image caption O‘nlab namoyishchilar Istanbul va Anqarada hibsga olinganlar.

O‘tgan chorshanba kuni Kurd Ishchilar Partiyasining harbiy qanoti Surijdagi portlash aloqadorlikda gumon qilingan Turkiya davlat xavfsizligining ikki xodimini qatl ettirgan.

AQSh har ikkala tomonni zo‘ravonliklardan tiyilishga chaqirgan, shu bilan birga, Turkiya kurd bo‘lginchilardan o‘zini himoya qilishga haqli ekanini ta‘kidlagan.

Bi-bi-sining Turkiyadagi muxbiri Mark Louenning aytishicha, kurdlar Turk hukumatini "Islomiy davlat" jangarilarini to‘xtatishga layoqatsiz, deb bilishadi va bu jihodiy guruhni KIPga nisbatan bosim o‘tkazish maqsadida ishlatishda ayblashadi.

Bi-bi-si muxbiri oxirgi kunlarda Istanbul va boshqa katta shaharlardagi hujumlar mamlakatga hukumat va kurd bo‘lginchilari o‘rtasida 30 yil davom etgan mojaroni qayta qo‘zg‘alishi to‘g‘risidagi xavotirlarni uyg‘otgan. Turkiya kuchlari va kurd isyonchilari o‘rtasidagi qarama-qarshilikda 40 ming inson nobud bo‘lgandi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio