Tolibon o‘ziga yangi rahbar tayinladi

Tahlilchilarga ko‘ra, Mullo Mansurning tayinlanishi Tolibon ichida bo‘linishlarni keltirib chiqargan Image copyright AFP
Image caption Tahlilchilarga ko‘ra, Mullo Mansurning tayinlanishi Tolibon ichida bo‘linishlarni keltirib chiqargan

Tolibon harakati Mullo Umar o‘lgani haqidagi xabarlar ortidan o‘ziga yangi rahbar tanlagan.

Afg‘oniston hukumati chorshanba kuni Tolibon rahbari Mullo Umar hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar qilgandi.

Tolibon rahbariyatiga yaqin manbaga ko‘ra, endi harakatga Mulla Umarning o‘rinbosari bo‘lgan Mullo Axtar Mansur boshchilik qiladi.

Muxbirlar mazkur qaror jangarilarni ikkiga bo‘lib tashlashi mumkinligini aytishadi. Chunki, ko‘pgina yuqori martabali shaxslar Mullo Axtarning tayinlanishiga qarshi bo‘lishgan.

Ayni paytda Pokiston tarafi Afg‘oniston hukumati va Tolibon o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalangan tinchlik muzokaralari qoldirilganini ma‘lum qilgan.

Bundan oldinroq, Tolibon harakati muzokaralardan o‘zini chetda tutgandi. Muxbirlar mazkur holatni ham guruhdagi bo‘linish alomati sifatida izohlashgan.

Aytilishicha, Tolibon ichidagi ayrimlar Mulla Umarning o‘g‘lini o‘zlariga yo‘lboshchi bo‘lishini istashgan.

Ular Pokistonga yaqin doiralarni Mullo Mansur nomzodini ilgari surishda ayblashgan.

Pokiston tarafi hali Mullo Umar o‘lganini rasman tasdiqlagani yo‘q.

Afg‘onistonga ko‘ra, Tolibon rahbari ikki yil oldin Karachidagi shifoxonada olamdan o‘tgan.

Ammo, Pokiston hukumati uning mamlakatda ekanini doim rad qilib kelar edi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio