Rossiyada sanktsiyaga tushgan oziq-ovqatlar yo‘q qilinmoqda

Image copyright Thinkstock

6 avgustdan boshlab Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning mamlakat hududiga olib kirish taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘q qilish haqidagi farmoni kuchga kirgan.

Ana shu farmonga muvofiq Belgorod shahrida 10 tonna pishloqni avval ezib keyin maxsus qazilgan chuqurga ko‘mib tashlash boshlangani haqida xabar tarqatgan Rossiyaning "Rosselxoznadzor" tashkiloti.

"Rosselxoznadzor"ga ko‘ra, bu pishloqning "kelib chiqishi noma‘lum"dir.

Shuningdek, Orenburg shahrida ham 20 tonna pishloq, Sankt-Peterburg shahrida esa cho‘chqa go‘shtini yo‘q qilishga qaror etilgan.

O‘tgan hafta "Rosselxoznadzor" rahbariyati bir necha yuz tonna sanktsiya joriy qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yo‘q qilingani haqida xabar tarqatgan.

Ushbu qadamlar Rossiyaning o‘ziga nisbatan jazo choralari kiritgan mamlakatlarga javob qadami bo‘lmoqda.

Rossiya Qrimni anneksiya qilgani va Ukrainaga nisbatan siyosati bois G‘arb davlatlari sanktsiya joriy qildi.

Bunga javoban 2014 yili avgustida Rossiya o‘ziga qarshi sanktsiya joriy qilgan mamlakatlarning oziq-ovqat mahsulotlarining importiga embargo e‘lon qildi.

Rossiya rahbariyatining ushbu qarori ko‘plab rossiyaliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi.

Chang.org saytida oziq-ovqat mahsulotlarining yo‘q qilinishiga qarshi onlayn petitsiya tashkil qilindi.

Shu paytgacha petitsiyaga 250 mingdan ortiq rossiyalik imzo chekkan, ular bu mahsulotlarni yo‘q qilgandan ko‘ra muhtojlarga berilishini talab qilmoqdalar.

Petitsiya haqida gapirarkan, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov farmonni ijro etish majburiydir, deb aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq