O‘zbekiston yaratuvchanlik va kreativlikda nima uchun orqada

Image copyright none

Toronto Universitetida Iqtisodiy farovonlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqot markazi jahon bo‘ylab mamlakatlarning yaratuvchanlik darajasini o‘rganib chiqib, kreativlik indeksini taqdim qilgan.

Ushbu indeksda keltirilgan 139 mamlakat orasida O‘zbekiston inobatga olingan uch mezon - talantni parvarishlash, texnologiyalarni tadbiq qilish va bag‘rikenglik asosida 100 - o‘ringa qo‘yilgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa bu 2- o‘rin.

Lekin bu indeks amaldagi voqelikni aks ettiradimi va ne qadar haqqoniy?

Tahlilchi Kamoliddin Rabbimovning BBC O‘zbek xizmati bilan suhbatda aytishicha, demokratiya va erkinliklar sohasida anchayin peshqadam bo‘lgan davlatlarning bu indeksda O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarga qo‘yilgani shubha uyg‘otadi.

Bundan tashqari tadqiqotchilar talant, texnologiyalar va bag‘rikenglikni o‘rgangan vaqtlar qanday manbalardan foydalanilganligini ham ochiqlamaganlar.

Qanday bo‘lmasin tahlilchiga ko‘ra, O‘zbekistondagi avtoritar tuzum, ijtimoiy hayotning deyarli hamma sohalarining qattiq nazorat ostida ekanligi erkinliklar va talantni ifoda qilishga keng imkoniyat yaratmaydi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio