"Islom OITSni to‘xtatadi degan mafkura to‘g‘ri emas!"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Internet nashrlarida Afrika xaritasini chizgan bir olimning xulosalari qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Muxlis.uz nashrida chop etilgan va mazkur olimga taalluqli deb talqin qilingan ikki xaritadan birida Islom dini tarqalgan hududlar, ikkinchisida OITS, ya‘ni SPID kasalligi tarqalgan mintaqalar aks ettirilgan.

Bundan "qayerdaki Islom dini bo‘lsa, o‘sha yerlarda SPID tarqalmagan" degan xulosa kelib chiqadi.

"Olimlar xulosasi: Islom OITSdan asraydi" sarlavha ostidagi maqolada "mazkur xarita hozirda internetning turli ijtimoiy tarmoqlarida "Qur‘onda bitilgan qoidalarga amal qilsak, OITS degan baloga sira duchor bo‘lmaymiz" qabilidagi fikrlar bilan muhokama qilinmoqda deb yozilgan.

Toshkent shahar OITS markazida uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan shifokor Sobir Usmonovning aytishicha, "Islom dini bor joyda degan gap to‘g‘ri emas. Islom diniga bo‘ysungan joyda, Islom dini qoidalariga itoat qilgan joyda kasallik kamroq tarqalgan".

"Islomda...zino qilmaslik degan tushuncha bor, bu esa jinsiy sadoqatga olib keladi", deydi shifokor.

"Qayerda sadoqat kuchli bo‘lsa, infektsiyaning jinsiy yo‘l bilan yuqishi qiyin bo‘ladi".

Shifokor Sobir Usmonovning aytishicha, hozir O‘zbekistonda OITS bilan yashayotganlar soni 30 mingdan oshgan.

Bu kasallik uch yo‘l orqali – parenteral, ya‘ni ter va shilliq qavatning shikastlanishi orqali, jinsiy va onadan bolaga yuqadi.

O‘zbekiston miqyosida parenteral yo‘li eng yuqori deb hisoblanadi.

Shifokorning tushuntirishicha, "xohlaymizmi – xohlamaymizmi, biz narkotrafik juda kuchli bo‘lgan joyga yaqin joylashganmiz".

O‘zbekiston orqali Ovro‘poga oqayotgan giyohvand moddalarning ayrim qismi baribir O‘zbekistonda qoladi.

"Narkotik qolar ekan, narkomanlar bor bo‘lar ekan, parenteral yo‘li birinchi o‘rinda qoladi".

"Umuman bu muammoni dinga bog‘lash to‘g‘ri emas", deb xulosa chiqaradi shifokor Sobir Usmonov.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio