Rossiyada o‘zbek mashinalariga qiziqish so‘nib bormoqda

Image copyright publika.uz

Rossiyadagi O‘zbekiston avtomobillarga bo‘lgan ishtaha yanada so‘nib bormoqda. Bu haqida podrobno.uz sayti Ovro‘po biznesi uyushmasining avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga asoslanib xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya bozoridagi GM Uzbekistan mahsulotlarining savdosi ikkinchi yildirki qisqarib bormoqda. 2015 yilning birinchi yarmida o‘zbek avtomobillarining Rossiya bozoridagi ulushi 0,6%ga qisqargan.

Yil boshidan beri esa GM Uzbekistan kompaniyasining Rossiya bozoridagi ulushi 1,3%gacha qisqargan.

Rossiyada yilning birinchi yarmida 12029ta o‘zbek avtomobillari sotilgan.

O‘tgan yil bilan solishtirilsa, 2014 yilning yanvar va iyul oylari o‘rtasida 26860ta mashina sotilgandi.

Ba‘zi tahlilchilar Rossiyadagi qiziqish kamayishini Rossiyadagi avtomobil sanoatini kuchaytirish istagi bilan izohlashsa, boshqalar Rossiyadagi iqtisodiy qiyinchiliklar sabab ekanini aytishmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio