Turkiya tun osha kurdlarga qarshi havodan hujum qildi

Image copyright Reuters

Turkiya armiyasi mamlakatning janubi-sharqidagi 17ta kurd nishonlariga qarshi tunda havodan hujum qilgan.

Nishonga olingan joylar Eron va Iroq bilan chegaralarga yaqin Haqqari viloyatidadir.

Oxirgi bir necha hafta ichida Turkiya armiyasi va kurd bo‘lginchilari o‘rtasida zo‘ravonliklar avj olgan.

Havo hujumlaridan bir kun avval yuz bergan hujumlar to‘lqinida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.

Dushanba kungi yuz bergan bu hujumlarning ba‘zilari uchun Kurd Ishchilar partiyasi (PKK) ayblandi.

PKK bilan amalda bo‘lgan otashkesim iyul oyida barbod bo‘ldi. Unda Turkiya Iroq shimolidagi PKK mavqelari va Suriyadagi Islomiy Davlat guruhi jangarilariga qarshi havo hujumlarini boshlagandi.

Seshanbadagi havo hujumlari dushanba kuni yuz bergan zo‘ravonliklarga javob sifatida ko‘rilmoqda.

Seshanba tongida Turkiya armiyasi yana nishonga olingan. Armiyaga ko‘ra, kurd jangarilari janubi-sharqdagi Sirnak shahrida joylashgan harbiy bazaga hujum qilganlar.

Unda yaralangan askar kasalxonada jon berdi.

Tun osha yana uch shaharda turk qo‘shinlari va jangarilar orasida otishmalar bo‘ldi.

Ba‘zilari PKK a‘zosi bo‘lgan kurd jangarilari Suriya va Iroqdagi IDga qarshi ko‘p g‘alabalarga erishganlar.

PKK Turkiyani IDga qarshi hujum bahonasi bilan kurd bo‘lginchilarni yo‘q qilishga urinayotganlikda ayblaydi. Turkiya buni rad etadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio