Britaniyalik 30 yil oldin yo‘qotgan hamyonini topdi

Image copyright Rugby advertiser Mike Baker

Ichida bir funt va dollar kupyurasi, bir necha tanga va eski kvitantsiyalar bo‘lgan hamyon 30 yildan so‘ng egasiga qaytarildi.

Britaniyalik fermer Derek Gembl Lestershir grafligi, Lafboro shahrida poyezdga o‘tirayotib hamyonini tushirib qoldirganida 30 yoshlar atrofida bo‘lgan.

Rosa o‘ttiz yil o‘tib, mashinist va eski poyezdlarni ta‘mirlovchi Maykl Massi vagonni ta‘mirlash chog‘ida hamyonni topib oladi.

Shuncha yillar davomida hamyon vagon o‘rindig‘i orqasida qo‘l tegizilmay yotgan ekan.

Shimoliy Norfolk temir yo‘l xodimi hamyon egasini topguncha ma‘lum vaqt o‘zini haqiqiy detektivdek his qilishiga to‘g‘ri keldi.

Hamyondagi hujjatlar ichida Gembl adresi bitilgan to‘lov qog‘ozi bo‘lib, o‘sha paytda u Vorvikshir grafligining Ragbi shahrida yashagan. Massi u bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganda, u shu yaqindagi Nortgempton shaharchasida yashayotgani aniqlangan.

Qizig‘i, Gembl hamyonini qanday yo‘qotganini eslay olmagan. Shunday bo‘lsada, 30 yil oldingi xotiralarini yodga solgan topildiqdan juda hayajonlanib ketgan. Hamyonda 1982 yilgi kvitantsiya, qon guruhi haqidagi hujjat va Irlandiyaga chipta sotib olingan chek bo‘lgan. O‘sha paytda xotinining qarindoshlari Irlandiyada yashaganlarini aytgan Gembl.

"Topildiq 30 yil muqaddam hayotimni qayta xayoldan o‘tkazishga turtki berdi, undadi", degan Gembl.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio