Shvetsiya Julian Assanjga qarshi jinoyat ishini to‘xtatgan

Image copyright AP

Maxfiy yozishmalarni oshkor etishi bilan tanilgan WikiLeaks web-sayti asoschisi Julian Assanjga nisbatan Shvetsiya prokuraturasi qo‘zg‘atgan ishni yopishga qaror qilgan.

Prokuraturaga ko‘ra, bunga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muddati o‘tgani sabab bo‘lgan.

Shvetsiya qonunlariga binoan, biror shaxsga nisbatan agar uning o‘zi so‘roq qilingan bo‘lmasa, rasman ayblov ilgari surish mumkin emas.

Shved prokurorlari 2010 yilda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Julian Assanjning o‘zini so‘roq qilishga muvaffaq bo‘lmaganlar.

Bu ish jinsiy tegajog‘lik bilan bog‘liq ish.

Biroq Julian Assanjga nisbatan jinsiy zo‘rlash bilan bog‘liq yana bir jinoyat ishi ochig‘ligicha qolmoqda.

Bu jinoyatning o‘tib ketish muddati 10 yil hisoblanadi.

Assanjning o‘zi 2012 yil iyunidan boshlab Ekvadorning Londondagi elchiligi binosida qolmoqda.

Ekvador unga siyosiy boshpana bergan.

U Shvetsiya prokuraturasi gumon qilayotgan jinoyatlarni sodir etganini rad etib keladi.

Julian Assanj Ekvador elchixonasidan chiqib Lotin Amerikasiga ketishdan qo‘rqmoqda.

Uning fikricha, binodan tashqariga chiqishi bilan hibsga olib avval Shvetsiyaga, so‘ng AQShga ekstraditsiya qilishlari mumkin.

Assanjga ko‘ra, Amerika huquq-tartibot organlari unga nisbatan maxfiy ma‘lumotlarni oshkor qilish ayblovini ilgari surmoqchilar.

Dastlab Shved prokurorlari Julian Assanjning Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishini va o‘sha yerda uni so‘roq qilmoqchi ekanliklarini aytishgandi.

Lekin keyin Londondagi Ekvador elchixonasi ichkarisida savol-javob o‘tkazishga ko‘nishgan.

Ekvador elchiligi esa bunga ijozat bermagan.

Ham Shvetsiya, va ham Britaniya rasmiylari bu borada Ekvador rasmiylarini hamkorlik qilishga chaqirganlar.

Julian Assanj advokatlariga ko‘ra, ikki jinoyat ishi ham allaqachon to‘xtatilishi kerak edi, chunki avval-boshdanoq ularni qo‘zg‘atishga asos bo‘lmagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq