Indoneziya uchog‘i halokatga uchragan

Image copyright Planespotters.net

Indoneziya Transport vaziri Jakartada yig‘ilgan matbuot anjumanida Trigana Air Service aviashirkatiga qarashli uchoq Papua tumani hududida qulab tushganini ma‘lum qilgan.

Uchoq bortida 5 ekipaj a‘zosi va besh bola doxil 54 yo‘lovchi bo‘lgan.

Tirik qolganlar haqida hozircha ma‘lumotlar yo‘q.

Uchoq qoldiqlari Oksibil aholi turar maskaniga yaqin joydan topilgan.

Oldinroq Indoneziyaning Jayapur-Oksibil yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan uchog‘i ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani xabar qilingandi.

Dispetcherlar uchoq parvozidan yarim soat o‘tgach Papua ustida ekipaj bilan aloqa yo‘qolganini aytganlar.

"Biz uchoq bilan nima sodir bo‘lganini hozir bilmaymiz. Bu borada mahalliy hukumat bilan bog‘lanishga harakat qilyapmiz",- degan Indoneziya transport vazirligi vakili.

Uning aytishicha, hozir hududda ob-havo sharoiti yomon, qorong‘i va tog‘li mintaqa bo‘lgani sababli qidiruv ishlarini murakkablashtiradi.

Oxirgi yillarda Indoneziyada havo transporti bilan hodisalar va uchoq halokatlari tez-tez sodir bo‘lgani kuzatiladi.

Indoneziyada avia yuk tashish bozori tez sur‘atlar bilan o‘sib borayotgan bo‘lsada, sohani malakali mutaxassislar bilan ta‘minlashda muammolar mavjud. Tajribali uchuvchilar, mexanik va aviadispetcherlar yetishmaydi.

Assoshieyted pressga ko‘ra, mamlakat aviayuklarning xavfsizligini to‘liq ta‘minlash imkoni yo‘q.

Indoneziyada 2009 yildan beri bir qancha harbiy uchoqlar ham halokatga uchragan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio