2014 yili Britaniyadagi eng mashhur ism qaysi bo‘ldi?

Image copyright Getty

Milliy Statistika xizmati Angliya va Uelsda 2014 yili chaqaloqlarga eng ko‘p berilgan ismlar ro‘yxatini e‘lon qildi.

Bu haqdagi xabarda aytilishicha, o‘g‘il bolalar orasida Oliver, qizlar orasida Ameliya ismi ikkinchi yildirki, Angliya va Uelsdagi eng mashhur nomlar bo‘lgan.

Statistika xizmati ma‘lumotlari bo‘yicha o‘tgan yili 6649 o‘g‘il chaqaloqqa Oliver, 5327 qiz chaqaloqqa Ameliya deb ot qo‘yishgan.

Ism-sharifni hisoblab chiqish paytida bir harfi o‘zgargan bo‘lsa ham boshqa nom deb hisoblangani aytilgan.

Agar mana shu farq inobatga olinmasa, Muhammad ismi yana Britaniyadagi o‘g‘il bolalarning eng mashhur ismi bo‘lgan.

Chunki qaysidir ota-ona o‘g‘lining nomini guvohnomasiga Muhammad, yana kimdir Moxammed deb yozdirtirgan.

2014 yili Muhammad ismi 3588 chaqaloqqa, Mohammed 2536 chaqaloqqa, Mohammad nomi esa 1116 chaqaloqqa qo‘yilgan.

Jami o‘tgan yili 7240 o‘g‘il bolaga Muhammad ismi berilgan.

London shahrida ham 2014 yili o‘g‘il bolalarga berilgan ismlar orasida ham eng ko‘pi Muhammad bo‘lgan.

Milliy Statistika tashkiloti ro‘yxatida Jek, Harri va Jeykob ismlari mashhurligi qayd etilgan.

Qiz chaqaloqlar orasida esa Oliviya, Izla va Emili nomlari ko‘p uchragan.

Ro‘yxat tuzuvchilar "Taxtlar o‘yini"(Game of Thrones) seriali ota-onalarga o‘zi farzandlariga ism qo‘yishda katta ta‘sir ko‘rsatganini qayd etganlar.

O‘tgan yili serial qahramonlaridan Teon nomi 18 Angliya va 19 Uels chaqalog‘iga berilgan.

Shuningdek, 17 ta Tirion, 14 nafar Bran, to‘rt Sandor tug‘ilgan.

53 qizaloqqa Kxalisi, 9 qizga Deyyeneris, 6 ta Sansa va to‘rt Briyenna ismi berilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq