Fond birjalarida pasayish kuzatilmoqda

Image copyright AFP

Xitoyda iqtisodiy sustlashuv boshlanganiga oid xavotirlar ortidan mamlakat birjalarida hissalar narxi tushib ketdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Shanxay birjasida tushish ko‘rsatkichi 8,5 foizni tashkil qilgan. Bu 2007 yildan buyongi eng katta yo‘qotishdir.

BBCning Osiyo iqtisodiy masalalari bo‘yicha tahlilchisiga ko‘ra, Pekinda bu kun rasman Xitoyning "mudhish dushanbasi" deya ta‘riflanmoqda.

Xitoy iqtisodi sekinlashuvi davom etishi ehtimoli xalqaro sarmoyadorlarni qo‘rqitib yuborgan. Ushbu holat Osiyo va Ovro‘po bozorlaridagi hissalar savdosiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatgan.

London, Parij va Frankfurt birjalaridagi hissalar narxi keskin tushgan.

Tush paytiga qadar Londonda pasayish ko‘rsatkichi 3 foizni tashkil qilgan. Frantsiya va Olmoniyada ham o‘xshash vaziyat kuzatilmoqda.

O‘tgan tun Osiyo bozorlarida ham ijobiy kechmagan. Xalqaro sarmoyadorlar jahonning ikkinchi yirik iqtisodi tanazzul tomon ketayotganidan xavotirga tushishmoqda.

Ikki hafta oldin Xitoy markaziy banki milliy valyuta qimmatini tushirgan, bu esa, mamlakat iqtisodiy vaziyati oldin taxmin qilinganidan ko‘ra, yomonroq degan qo‘rquvlarni paydo qilgan.

Valyuta va iste‘mol mollari narxlari ham keskin pasaymoqda. Chunki, mazkur bozorlar Xitoydan bo‘ladigan talabga jiddiy qaramdir.

BBC muxbirining aytishicha, bugun har bir kishi Xitoy hukumatining hissalar va mamlakat iqtisodiga nisbatan ishonchni qayta tiklash uchun qo‘yadigan navbatdagi qadami nima bo‘lishini bilishni istaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq