Islom Karimov Xitoydagi g‘alaba paradida qatnashadi

Image copyright AFP
Image caption Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo hamkorlar...

Xabarlarga ko‘ra, Prezident Islom Karimov yetakchiligidagi delegatsiya Pekinda o‘tadigan g‘alaba paradida ishtirok etadi.

3 sentyabr kuni Ikkinchi Jahon Urushi yakun topgani 70 yilligi va xitoy xalqining Yaponiya tajovuzi ustidan g‘alabasi nishonlanadi.

Xitoy Davlat Kengashi matbuot xizmati tadbirda dunyoning 30 davlatidan prezidentlar va bosh vazirlar ishtirok etishishi haqida ma‘lum qildi.

Xitoy bu kabi yirik harbiy paradni urush yakun topganidan beri ilk bor o‘tkazmoqda.

Mudofaa vazirligi tantanali xalqaro tadbir haqida e‘lon qilar ekan, unda boshqa mamlakatlar askarlari ham ishtirok qilishga taklif qilingan.

Bundan oldinroq, Xitoy matbuoti Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a‘zo - Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston rahbarlari ham paradda ishtirok etishlari haqida xabar bergandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio