Virjiniyada ikki telejurnalist otib tashlandi

Amerikaning Virjiniya shtatida ikki telejurnalist jonli efir chog‘i otib o‘ldirilgan.

WDBJ7 telekompaniyasi muxbiri 24 yoshli Elison Parker va 27 yoshli operator Adam Uard Moneta shahrida intervyu payti nishonga olingan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir payti o‘q ovozlari va muxbirning qichqirig‘i eshitilgan. Keyin kamera yerga qulagan.

Elison Parker suhbatlashayotgan ayol esa, jon holatda qochib qolgan.

Virjiniya shtati gubernatori Terri Makoliffning so‘zlariga ko‘ra, qurolli shaxs ayni telekompaniyaning sobiq xodimi bo‘lib chiqmoqda.

"Bu terrorchilik emas, jinoiy ish", deb aytgan u.

Politsiyaning bildirishicha, gumondor hali qo‘lga olinmagan, qidiruv ishlari bormoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio