Haj ziyorati oldi bedavo virusdan o‘lganlar soni ortmoqda

Image copyright pa
Image caption Saudiya Arabistonida virus ilk bor 2012 yil paydo bo‘lgandi

Saudiya Arabistoniga ko‘ra, so‘nggi hafta mamlakatda Nafas Yo‘llari sindromi, Mers yoki koronovirus nomlari bilan atalayotgan infektsiyadan o‘lganlar soni 17 nafarga yetgan.

Sog‘liqni saqlash tizimi rasmiylari mazkur o‘lim hollari kelasi oygi Haj marosimlari oldi kuzatilayotganidan xavotir bildirishgan.

Saudiya Arabistoni sentyabr oyi butun dunyodan Haj ziyorati uchun keladigan 2 milliondan ortiq musulmonni kutib olishi kerak.

Mers infektsiyasi bilan bog‘liq holatlar Yaqin Sharq, Ovro‘po va Osiyodagi boshqa qator mamlakatlarda ham qayd qilingan.

Virus ilk bor 2012 yil Saudiya Arabistonida paydo bo‘lgandi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, so‘nggi raqamlarning ko‘pi Ar-Riyoddagi shifoxonalardan biridagi holat bilan bog‘liq.

MERS shamollash va Sars kabi kasalliklar alomatlarini o‘z ichiga oluvchi yuqori harorat, nafas olishda qiyinchiliklar, o‘pka yallig‘lanishi va buyraklarning ishlamay qolishiga olib keladigan xastalik.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma‘lumotiga ko‘ra, 2012 yil sentyabridan beri jahon bo‘ylab kamida 515 kishi vafot etgani ma‘lum.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida MERS ning dastlab tuyalardan insonga o‘tganligi aniqlangan va shuning uchun ushbu kasllikni "tuya tumovi" deb ham yuritadilar.

Image caption Saudiya Arabistoni sentyabr oyi butun dunyodan Haj ziyorati uchun keladigan 2 milliondan ortiq musulmonni kutib olishi kerak

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq