"Bachabozlik"da ayblangan arxiyepiskop olamdan o‘tdi

Image copyright EPA

Yosh bolalarga jinsiy tajovuz qilishda ayblangan Polshaning sobiq arxiyepiskopi Vatikanda olamdan o‘tgan.

66 yoshda bo‘lgan Jozef Veselovskiy o‘tgan oy mahkama boshlanishiga bir necha soat qolganida kasal bo‘lib qolgandi.

Juma kuni ertalab u o‘lik holda topilgan. Vatikan bayonotida Veselovskiy "tabiiy sabablar" bilan dunyodan o‘tgani aytilgan.

Aks holda u bachabozlik ayblari bilan Vatikanda mahkamaga tortiladigan ilk eng yuqori martabali diniy ulamo bo‘lar edi.

Veselovskiyga qo‘yilgan ayblovlar 2008-2013 yillar Dominikan Respublikasida elchilik qilgan davriga borib taqaladi.

U voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa uchun pul to‘laganlik, bolalarning pornografik suratlarini saqlaganlikda ayblangandi.

Agar aybdor topilsa, Jozef Veselovskiy 6 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin edi.

Katolik cherkovi tribunali uning ustidan allaqachon hukm chiqargan va arxiyepiskop rutbasidan mahrum qilgandi.

Turli davrlarda va turli davlatlarda katolik ruhoniylari yosh bolalarga jinsiy tajovuzlar qilishgani oshkor bo‘lishi ortidan, Papa Fransis cherkovni tozalashga kirishgan.

O‘tgan yil Papa Fransis bunday jinoyatni sodir etganlarning amallarini "shaytonga xos" ekanini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq