Ovro‘poga kelayotgan muhojirlar soni rekord darajada

Image copyright BBC World Service

Mojariston poytaxtidagi katta temiryo‘l stantsiyalaridan biri tashqarisida yuzlab muhojirlar norozilik bildirishmoqda. Noroziliklar politsiya Ovro‘poga ketish yo‘lini to‘sish maqsadida bekatni yopib qo‘yishi ortidan boshlanib ketgan.

"Olmoniya, Olmoniya" degan qichqiriqlar yangaragan.

Rasmiylar Mojariston tartibni qayta tiklash hamda OI qoidalarini amalga tadbiq qilishga urinayotganini aytishgan.

Ayni paytda Olmoniya Kantsleri Angela Merkel muhojirlarning Ovro‘po bo‘ylab adolatli taqsimlanishiga chaqirgan.

Avstriya politsiyasi dushanba kuni Mojaristondan poytaxt Venaga 3,650 muhojir kirib kelganini aytgan.

Ularning aksari Olmoniyaga yo‘l solishgan.

Seshanba kuni ertalab 1,400 kishi Olmoniya janubidagi Myunxen shahriga yetib borgan. Muhojirlar Olmoniyaga Avstriya orqali o‘tishgan. Hozir bundan ham ko‘proq odam kutilayotgani aytiladi.

Avvalroq, Mojariston rasmiylari ularni Ovro‘po Ittifoqi tartib-qoidalari asosida ro‘yxatga olish sa‘y-harakatlaridan voz kechgan ko‘rinishgandi. Muxbirlarga ko‘ra, muhojirlar birinchi kirgan Ovro‘po davlatidan boshpana so‘rashlari mumkin.

Muxbirlarga ko‘ra, Ovro‘po tomon kelayotganlarning aksari Suriya, Afg‘oniston va Eritreya fuqarolaridir.

Ovro‘poga bosh urgan muhojirlar soni rekord darajaga chiqqan, iyul oyining o‘zida bu yerga 107,500 kishi kirib kelgan.

Olmoniya joriy yil 800,000 muhojirni qabul qilishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilgidan to‘rt barobar ko‘pdir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq