Uzwebiston: Skype muammolariga sabab nima?

Image copyright Reuters

O‘zbekistonda Skype, Viber, Telegram, WhatsApp kabi messenjerlarga qo‘yilgan to‘siqlar hozirgacha bekor qilingani yo‘q.

Ayniqsa, o‘zbekistonliklar Skype orqali video va ovoz almashinuv xizmatidan foydalana olishmayapti.

Internet provayderlari mazkur holatni "O‘zbektelekom" Aktsiyadorlik Shirkati hamkorlari tarmoqlarida allaqanday texnik profilaktika ishlarini ketayotgani bilan izohlaydilar.

Ammo, aytilayotgani qanday profilaktika ekani, qaysi hamkor bu bilan shug‘ullanayotgani haqidagi tafsilotlar nimagadir sir tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, Skype va boshqa messenjerlar bilan bog‘liq ushbu muammolar joriy yilning 29 iyulidan boshlangandi.

Voqealarning qiziq bir rivojiga e‘tiboringizni tortsak:

·2015 yil 20 iyul. Yaponiyaning "Diplomat" jurnali bir nechta Osiyo davlatlari o‘z fuqarolarni kuzatuvchi va ular o‘rtasidagi so‘zlashuvlarni eshitishga qodir qurilma sotib olishgani haqida yozdi. Mazkur davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor. (manba http://bit.ly/1CRrXkc)

· 2015 yil 22 iyul. Kutilmaganda, O‘zbekiston hududida to‘siq qo‘yilgan muxolifat saytlari va axborot sahifalariga hech qanday muammosiz kirish mumkin bo‘lib qoldi. Mazkur holat qariyb 24 soat davom etdi va ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi. (manba <http://on.fb.me/1HKSWgl>)

· 2015 yil 29 iyul. O‘zbekistonda Skype bilan bog‘liq muammolar boshlandi.

Gazeta.uz nashri 10 avgust kungi xabarida ushbu muammolar sentyabr oyigacha davom etishi haqida xabar berdi. (manba <http://bit.ly/1NZTYsX>).

Kuni kecha ayni websahifa yana Skype mavzusini ko‘tarar ekan, jarayon yana bir oyga cho‘zilishini yozdi. Bu esa, foydalanuvchilarning e‘tirozlariga sabab bo‘ldi: http://on.fb.me/1i4a602

Alyona Ashurova ismli tarmoq foydalanuvchisi: "Bu to‘liq ta‘mirlashga teng bo‘lgan profilaktika", deya istehzo qildi.

Bahtiyor Mirzabaev: "Bundan ortiq nimani kutsa bo‘ladi?" deb yubordi.

Lianna Zakharyan esa: "Keyin yana bir oy va yana bir oy. Barakalla!" deya xafsalasi pirligini izhor qildi.

Victoria-Mishel Parker: "So‘kinishga so‘z ham topa olmayapman", deya yozg‘irdi.

Muammoga tarmoq foydalanuvchilari yechim ham izlashadi.

Elmira Gyul Facebook dagi "Potrebitel.Uz" guruhiga izoh qoldirar ekan: "Sentyabr oyiga kelib Skype ishlaydi, deb va‘da berishgan edi. Lekin, bunday bo‘lmadi. Agar Vyber yuklab olsam, audio va videoaloqa yaxshi bo‘ladimi?" deya so‘raydi.

Renata Gubaydulina esa: "Vyber ishlamokda", deb qo‘yadi.

Ulyana Ignateva esa: "Vyber ishlamoqda? Vyberdan kim telefon yoki fotosurat jo‘natishga muvafaq bo‘ldi? Iyul oyidan beri buni hech imkoni yo‘q!" deydi.

Dmitriy Shokin: "Yangi dasturni tavsiya qilaman - "Imo". Xuddi Vyber kabi, lekin yaxshiroq ishlaydi".

Atush Beshka: "Hike (dasturini) yuklang, juda zo‘r!!!" deya maslahat beradi.

Natali Sharipova: "We chat" (dasturi)ga o‘tinglar, juda yaxshi ishlayapti", deya boshqalarni xabardor qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq