BMT: "Ovro‘po Ittifoqi 200 ming qochqinga boshpana berishi kerak"

Image copyright EPA
Image caption Ovro‘po eshiklarini ochadimi?

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, Ovro‘po Ittifoqi qochqinlarga nisbatan "qo‘ldan berganga qush to‘ymas" qabilida munosabatni o‘zgartirishi va 200 ming qochqinga boshpana berishi kerak.

BMT Qochqinlar agentligi Antonio Guterrasga ko‘ra, Ittifoq qochqinlar inqirozini hal etish uchun bor imkoniyatni ishga solishi shart.

Hozirda OI rahbarlari qochqinlar masalasida yakdil strategiyaga ega emas.

Mojaristonda yuzlab qochqinlar tutqunlikda qolishmoqda.

Biske shaharchasida Avstriya hududi tomon otlangan poyezddagi qochqinlar vagonlarni tark etishni rad qilgan.

Politsiya poyezdning atrofini o‘rab olgani aytilmoqda.

Mojariston mulozimlari qochqinlarni yaqin atrofda joylashgan jamloqqa yig‘ish niyatida, ammo aksariyat bu mamlakatda ro‘yxatdan o‘tish bilan Olmoniya va boshqa Ovro‘po davlatlarida qo‘nim topish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdan xavotirda.

Budapeshtda esa qochqinlar Vena yo‘nalishidagi poyezdlarga chiqarilmagan.

Mojariston shuningdek, Serbiya bilan asosiy o‘tish nuqtasini yopib qo‘ygan.

Ayni paytda Suriyaning Kobane shahrida dunyodagi eng mashhur qochqin bolakayni dafn qilishgan.

U ota-onasi, akasi bilan Turkiya qirg‘oqlaridan Yunoniston tomon rezina kemada yo‘lga chiqqan edi.

Ammo kema halokatga uchragan va uch yashar bolakay doxil 12 kishi qurbon bo‘lgan edi.

Bolakayning jasadi tushirilgan suratlar dunyoni larzaga solgan, Ovro‘po Ittifoqi davlatlarini qochqinlar inqiroziga jiddiy va amaliy yondashish uchun bosim ostida qolishiga turtki bergan.

Ana shu bosimlar ostida Buyuk Britaniya ham "minglab" suriyalik muhojirlarni qabul qilishga va‘da bergan.

Hozir aniq raqamlar aytilmagan bo‘lsa ham, Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron o‘z mamlakati eng muhtoj qochqinlarga yordam berishini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq