Fransa "Islomiy davlat"ni bombalashga hozirlik ko‘rmoqda

Image copyright Getty
Image caption Fransa "Islomiy davlat"ni bombalaydi

Prezident Fransua Oland Suriyada "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi havo hujumlari uchun hozirlik ko‘rish haqida buyruq bergan.

Uning aytishicha, Fransa ceshanba kuni josuslik-kuzatuv parvozlarini yo‘lga qo‘yadi va bundan maqsad havo hujumlariga tayyorgarlik ko‘rishdir.

Ammo Fransa prezidenti Suriyaga piyoda qo‘shinlarni yubormasligini ochiqlagan.

Rossiya ham "Islomiy davlat" bilan bog‘liq xavotirlarni asos qilib, Prezident Asadga harbiy dastagini kuchaytirgan.

Suriyadagi urush hozirga qadar 220 mingdan ortiqroq insonning yostig‘ini quritgan, 9 milliondan ko‘proq suriyalik boshpanasiz qolgan.

Parijda so‘zlar ekan, Oland janoblari "terror hujumlari Suriyadan turib bir necha davlatlar, jumladan Fransaga ham qarshi rejalangan", deb aytgan.

BBCning Mudofaa masalalari bo‘yicha muxbiri Jonatan Markusga ko‘ra, Fransa rostdan ham havo hujumlarini boshlash arafasida ko‘rinadi.

Britaniya ham shu kabi mavqeda, yuqori lavozimli mulozimlar Suriyaga nisbatan havo hujumlarini ko‘paytirish masalasi haqida gapirishmoqda, ammo bu mamlakatda ayni amal parlament tasdig‘idan o‘tishi kerak.

Boshqa tomondan, BBC muxbiriga ko‘ra, Suriyaga nisbatan G‘arbning harbiy amaliyotlari yangi bosqichga ko‘tarildi deyish xato bo‘ladi.

Suriyadagi qochqinlar vaziyatiga bog‘liq so‘nggi evrilishlar Fransa va boshqa davlatlarni havo hujumlariga doir chiqishlarini bir qadar isloh etilishiga sabab bo‘lgan ko‘rinadi.

Mutaxassislarga ko‘ra, G‘arb va Arab ittifoqchi davlatlar Suriyaning muammolariga nisbatan aniq va mushtarak siyosatga ega emas.

Ayni paytda "Islomiy davlat" jangarilari Suriyada faollikni boy bergani yo‘q, ham Asad rejimi va ham raqib isyonkor guruhlarga qarshi hujum qilmoqda.

Guruh Iroqda ham yirik mintaqalarni bosib olgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio