Uyg‘uriston yo xatarli xayol

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Markaziy Osiyo davlatlari bugun tobora yuksalayotgan Xitoy ta‘sir doirasiga tushisharkan, bu holat uyg‘urlar hayotida yaqqol ko‘rinmoqda.

Pekin mintaqaning uch davlati - Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda yashayotgan 350 mingga yaqin uyg‘urning o‘z milliy davlatchiligi yo mustaqillik haqida gapirishini istamaydi.

Bu mamlakatlardagi aksar uyg‘urlarning ota-onalari o‘tgan yarim asr davomida Xitoydan qochib kelishgan. Ular esa shu paytgacha ortda qolgan vatanlari - Shinjon Uyg‘ur bo‘lgasi istiqloli haqida ochiq gapirib kelishardi.

Ammo endi ahvol o‘zgarmoqda. Markaziy Osiyoga milliardlab dollar sarmoyalar kiritayotgan Xitoy, kuzatuvchilarning ta‘kidlashicha, ayni mamlakatlardagi uyg‘urlarni ham nazorat qilayotir.

To‘g‘ri, Xitoy bugun Shinjon Uyg‘ur bo‘lgasi iqtisodini ham rivojlantirmoqda.

Uyg‘urlar Sharqiy Turkiston va yo Uyg‘uriston, deb ham ataydigan Shinjon esa til, din va madaniy jihatdan uyg‘urlarga yaqin bo‘lgan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz xalqlari bilan Xitoy o‘rtasida muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.

Lekin chegaraning har ikki tarafida yashovchi uyg‘urlarning o‘zaro madaniy aloqalardan tashqari, siyosiy faoliyatga ham kirishishi Xitoy uchun istalmagan boshog‘riqdir.

So‘nggi yillari Markaziy Osiyo davlatlari bir nechta uyg‘urni ushlab, Pekinga topshirishdi. Inson huquqlari guruhlariga ko‘ra, ular Xitoyda yo qatl etilgan, yo uzoq yillarga qamoqqa tashlangan.

BBC O‘zbek Xizmati jurnalisti Rustam Qobil BBC News Channel hamda BBC World News telekanallari Our World ("Bizning Dunyo") dasturi uchun Markaziy Osiyo uyg‘urlari haqida ingliz tilida maxsus teleko‘rsatuv tayyorlagan.

"Uyg‘uriston yoki xatarli xayol" teledasturini o‘zbek tilida tomosha qiling.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq