Qirg‘izistonda Usubaliyev vafot etdi

Image copyright BBC World Service

Qirg‘izistonni Sovetlar davrida chorak asr boshqarib kelgan inson, Qirg‘iziston Kommunistik partiyasining o‘sha davrdagi birinchi kotibi Turdaqun Usubaliyev Bishkekda 97 yoshida vafot etgan.

Kuzatuvchilarning aytishicha, O‘zbekiston uchun Sharof Rashidov qanday rol o‘ynagan bo‘lsa, Usubaliyevning Qirg‘iziston tarixida tutgan o‘rni shunga qiyosdir.

Uning rahbarligi ostida Qirg‘izistonda sanoat korxonalari barpo etilgan, suv omborlari qurilgan, qishloq xo‘jaligi va chorvadorlik rivojlangan.

Jumladan, Qirg‘iziston sobiq Sovet Ittifoqida qo‘y go‘shti yetkazish borasida ilg‘or o‘rinlarni egallagan, qo‘y yungini tayyorlash bo‘yicha esa ittifoqda yetakchi bo‘lgan.

Turdaqun Usubaliyev avvaliga o‘qituvchi, so‘ng partiya xodimi, Stalin davrida Moskvada partiya Markazqo‘mining instruktori bo‘lib, so‘ng Qirg‘izistonda gazeta muharriri, Frunze shahri rahbari va axir Qirg‘iziston Kompartiyasi rahbari lavozimiga ko‘tarilgan.

Bu lavozimda u 1961 yildan to 1985 yilga qadar ishlagan.

Mustaqil Qirg‘izistonda Usubaliyev ikki karra Jogorku Kenesh a‘zosi bo‘lib saylangan.

Uni bilgan odamlarning aytishicha, u umrining oxirigicha kamsuqumlikda, kvartirada yashab kelgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio