Hind kinosi ko‘kidagi pokistonlik yulduz

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Pokistonlik kinoaktyor Hindistonda yirik yulduzga aylanmoqda.

O‘tgan o‘n yil davomida o‘z vatanida nom qozongan Favad Xon hozir Hind filmlarida ham bosh rollarni ijro etayapti.

To‘g‘ri, olamga tanilgan musulmon san‘atkorlar Bollivudda oz emas.

Ammo Hindiston kinosi osmonida pokistonlik yulduzning porlashini ko‘pchilik tasavvur eta olmasdi.

Bu ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy taranglik, adovat va urushlar insoniy rishtalar hamda madaniy munosabatlarga ham salbiy ta‘sir etgan.

Hatto Hindiston kinosining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri sanalgan "Qasos va qonun"ni Pokiston kinoteartlarida namoyish etish uchun yarim asrdan ko‘proq vaqt kerak bo‘lgan.

Favad Xon Pokistondan Hindistonga kelib, ayni yutuqlarga qanday erishmoqda?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio