O‘zbekistonlik talaba: "Shvetsiyaga kelayotganlarga pul va ovqat yig‘ib berayapmiz"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ovro‘po ittifoqiga urush va iqtisodiy qiyinchiliklardan qochib kelayotgan muhojirlar oqimi oshib bormoqda.

Ovro‘po Ittifoqining 160 ming boshpana izlovchini qabul qilish borasidagi yangi rejasini Olmoniya kantsleri muovoini "ummonga bir tomchi" deya tasvirladi. Zigmar Gabriel Olmoniyaga shu yilning o‘zida 450 ming odam kelganini bildirdi.

Ayni damda yuzlab muhojirlar Daniya va Olmoniya chegarasida qolib ketishayapti. Ular Daniya orqali Shvetsiyaga o‘tishga urinishar ekan, Daniya ular avvalo ro‘yxatdan o‘tishlarini talab qilib, poyezd va avtomobil yo‘llarini yopib qo‘ygan.

Shvetsiya o‘z aholisi soniga nisbatan, ya‘ni kishi boshiga hisoblansa, Ovro‘po Ittifoqi bo‘yicha eng ko‘p sonli muhojirlarni qabul qilayotgan davlatdir.

Bu odamlarning aksari Suriya va Liviya kabi mamlakatlardagi urushlardan qochib, Vengriya orqali badavlatroq Olmoniya, Avstriya va Shvetsiyaga o‘tishga urinyaptilar.

Ibrat Safo Shvetsiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba Nazira Abzalovadan u yerdagi kelgindilarga munosabat haqida so‘radi.

Image copyright Reuters

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio