Berlinda Leninning ulkan "boshi" qazib olindi

Lenin Rossiyada kommunistik inqilobning rahbari deb bilinadi Image copyright AFP
Image caption Lenin Rossiyada kommunistik inqilobning rahbari deb bilinadi

Rus inqilobchisi Lenin haykalining ulkan boshi Olmoniya o‘rmonlariga ko‘milganidan 24 yil o‘tib qazib olindi.

Uni chiqarib olish borasida tarixchilar olib borgan kampaniyadan so‘ng, ishchilar granitdan yasalgan boshni Berlin chekasida kavlab olishdi.

Ushbu bosh kommunist liderining 19 metrlik haykali bir qismi bo‘lgan va shaharning sharqiy qismida savlat to‘kib turgan.

Haykal 1991 yilda Berlin devori qulashi ortidan buzib tashlangan va bo‘laklari ovloqdagi o‘rmonga qo‘milgandi.

Haykal 2003 yil Olmoniyaning birlashishiga bag‘ishlab olingan "Xayr Lenin" nomli hajviy janrdagi filmda ko‘rinish bergan. Bir sahnada u tikuchar bilan shahar oralab olib ketilayotgani ko‘ringan.

Dohiyning 3,5 tonnalik boshi o‘rmondan olinib boshqa Olmon eksponatlariga qo‘shilish uchun Berlin g‘arbidagi Spandau Citadelle muzeyiga olib kelinishi mumkin.

Bosh haykalning qazib chiqarilishi mumkin bo‘lgan bir qismi xolos.

Image caption Qayta birlashgan Berlinning ilk meri Eberhard Diyepgen Lenin haykalini olib tashlashga buyruq bergandi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio