Melis Abzalov: "Hayot o‘zgargan, lekin filmlarimni hamma sevadi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonda ko‘p yillar osha sevib tomosha qilinib kelayotgan "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Suyunchi", "Chinor ostidagi duel", "Maysaraning ishi, "O‘tgan kunlar", "Chimildiq" va boshqa filmlarning rejissyori Melis Abzalov bugunda qarilik gashtini surmoqda.

Ta‘tilga Shvetsiyada yashovchi qizining uyida dam olishga kelgan atoqli arbob BBC bilan suhbatda o‘z sog‘ligi tufayli hozircha yangi filmlar olmayotganini aytdi.

Bugunda 77 yoshni qarshilagan Melis Abzalovning filmlari o‘zbekistonliklarning bir necha avlodiga yaxshi tanishdir. Uning filmlaridagi dialoglar o‘zbek xalqining maqolu matallariga aylanib ketgan.

Nega bu kabi filmlar endi suratga olinmayotgani haqidagi savolga janob Abzalov: "Hayot o‘zgargan", - deya javob berdi.

Ibrat Safo u bilan suhbatni Shvetsiya haqidagi taassurotlarini so‘rash bilan boshladi.

Suhbatni tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio