AQSh: ID kimyoviy qurol yasagan va ishlatgan bo‘lishi mumkin

Xantal gazi teri yiringlashi, ko‘z ko‘rmay qolishi va nafas olishning qiyinlashishi kabi asoratlarga olib keladi Image copyright Getty Images
Image caption Xantal gazi teri yiringlashi, ko‘z ko‘rmay qolishi va nafas olishning qiyinlashishi kabi asoratlarga olib keladi

AQSh hukumati o‘zini Islomiy davlat deb tanishtirayotgan guruh kimyoviy qurol ishlab chiqarayotgani va uni Iroq hamda Suriyada ishlatayotganiga ishonishini aytgan. AQSh rasmiysi BBCga ID Iroq va Suriya chegaralarida kamida 4 marta iprit moddasini ishlatganligi haqida ma‘lumotlar borligini bildirdi.

BBCga ma‘lum bo‘lishicha, jangarilar ipritni kukun holida portlovchi moddaga qo‘shgan holda ishlatadi. Xantal gazidan tayyorlanuvchi iprit taqiqlangan kimyoviy qurollar sirasiga kiradi va teri yiringlashi, ko‘z ko‘rmay qolishi va nafas olishda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Amerika hukumati jangarilar taqiqlangan kimyoviy moddalarni o‘zlari tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Iprit o‘zi nima?

Ushbu kimyoviy moddani izohlash uchun "xantal gazi" atamasi ishlatiladi, biroq u ma‘lum havo haroratida suyuqlashadi.

Xantal sulfati ayrim hollarda sarimsoqpiyoz, piyoz yoki xantal kabi anqiydi. Ayrim hollarda umuman hid chiqarmaydi. Uning rangi och sariq yoki jigarrang bo‘lishi mumkin.

Odamlar undan teri, ko‘z yoki havoga par sifatida taralsa nafas olish yo‘llari orqali zararlanishi mumkin. Iprit tanaga tekkanida terida pufakchalar hosil bo‘lishi va po‘st tashlash holatlari kuzatiladi.

Iprit halokatli bo‘lmasa ham, uni tanadan butunlay chiqarib yuboruvchi ziddizaxar yoki davolovchi vosita yo‘q.

Qurollarni yo‘q qilish to‘g‘risida hisobot

Kimyoviy moddalarni ishlatish ayblari bundan oldin Bashar Asad hukumati kuchlari va unga qarshi kurashayotgan jangari guruhlarga nisbatan ham ishlatilgan.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti 2014 yili Suriya shimolidagi aholi yashaydigan 3 nuqtada xlor qurol sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkinligini ma‘lum qilgan edi.

Hozir Iroq-Suriya chegarasida bo‘lib turgan BBC muxbiri Ien Pennel, kimyoviy qurol ishlatilganiga isbot-dalillarni va undan jabrlangan odamlarni ko‘rganini aytmoqda.

Suriyada kimyoviy qurollar saqlanishi mumkin emas. 2013 yili BMT rahnamoligi qabul qilingan kelishuvga ko‘ra, Suriya hukumati keyinchalik yo‘q qilib yuborish uchun o‘zidagi bor zaxarlovchi moddalarni topshirishga ko‘ngan edi.

Suriyadagi zarin va asab tolalarini falaj qiluvchi kuchli XV vositasi kabi harbiy zaxarlovchi moddalar zahirasi 1300 tonna deb baholangan.

Image copyright AP
Image caption Islomiy davlat kuchlari Suriya va Iroqdagi katta hududni bosib olgan

Zaxarlovchi xususiyatiga qaramasdan xlor taqiqlangan kimyoviy qurollar ro‘yxatiga kirmaydi.

Kimyoviy qurollarni taqiqlovchi tashkilot 2014 yilning iyun oqida Suriyadan barcha kimyoviy qurollar olib chiqib ketilganini bildirdi.

Kimyoviy hujum surishtiruvi

Avgust oyida BMT Suriyada zaxarlovchi moddalarni harbiy maqsadlarda qo‘llagan shaxslarni topish borasida tekshiruv boshladi.

O‘shanda Amerikalik harbiylar ID Iroqda kimyoviy qurol qo‘llagani bo‘lishi mumkinligi borasida ilk marotaba gapirdi.

AQSh generali Kevin Killea Iroqdagi kurd jamoasiga qarshi hujumda IDga tegishli bo‘lgan minamyot parchalari tekshirilganida kimyoviy qurol izlari topilganini aytgandi.

Olmoniya Mudofaa vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, 60 kurd jangarisi ID hujumlaridan so‘ng nafas olishda qiyinchiliklarga duch kelganini bildirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio