Afg‘oniston: Tolibon G‘azniydagi qamoqxonani zabt etdi

Tolibon jangarilari markaziy G‘azniy shahri tashqarisidagi qamoqxonani zabt etib, 350 nafar mahbusni ozod qilgan, 4 politsiya xodimi o‘ldirilgan.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Muhammad Ali Ahmadiyning aytishicha, jangarilardan biri qamoqxona darvozasida o‘zini portlatib yuborgan.

Unga ko‘ra, hujumchilar uniforma kiygan va yaxshi tashkillangan bo‘lgan.

Tolibon hujumni uyushtirganini tan olgan.

Tolibon voizi Zabihulloh Mujohid uch nafar hujumchining o‘ldirilganini tasdiqlagan.

Viloyat hokimi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hujumda shuningdek, 7 nafar politsiya xodimlari yaralangan.

Uning aytishicha, 80 nafar mahbus qamoqxonadan qochgan.

Ularning kimligi va qayerga ketganliklari noma‘lum.

Janob Ahmadiyning aytishicha, hujumchilarga qamoqxona ichkarisidan dastak berilgan bo‘lishi mumkin.

Unga ko‘ra, mahbuslarning aksariyati Tolibon a‘zolari, ayrimlari esa jinoyatchilar va bangilar bo‘lishgan.

Mahalliy mulozimlarning aytishlaricha, qamoqdagilar uniforma kiyganlarning Tolibon jangarilari ekanini birdaniga anglashmagan.

2011 yilda Qandahor shahridagi qamoqxonadan aksariyati Tolibon isyonchilari bo‘lgan 500ga yaqin mahbus qochishga muvaffaq bo‘lgandi.

Tolibon jangarilari mahbuslarni ozod qilish uchun qamoqxonaga bir necha yuz metrlik chuqur qazishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio