Elton Jon Putin bilan gey haqlarini muhokama qilmoqchi

Image copyright AP
Image caption Britaniyalik qo‘shiqchi Putin bilan uchrashish istagi bir xayol ekanini tan olgan

Britaniyalik bastakor va pop qo‘shiqchisi Elton Jon Rossiya Prezidenti Putin bilan uning gey haqlariga nisbatan "kulgili" munosabatini muhokama qilish uchun uchrashish niyatida ekanini bildirgan.

Hyuman Rayts Votch inson haqlari tashkilotining o‘tgan yili chiqargan hisoboti Rossiyani jinsiy ozchilik vakillariga qarshi zo‘ravonlik aybdorlarini javobgarlikka tortmayotganlikda ayblagan.

BBC bilan suhbatda ser Elton Jon Putin "garchi uning orqasidan kulsa va borib turgan ahmoq" deb hisoblasa ham, u bilan uchrashuvni olqishlashini aytgan.

Britaniyalik musiqachi hozirda Ukrainada.

U Prezident Poroshenko bilan uchrashgan va Ukrainani LGBT (gey, lesbian, biseksual va trans-seksual-tahr) yoki jinsiy ozchilik vakillarini qat‘iyroq dastaklashga chaqirgan.

Elton Jon shuningdek, biznes doiralari bilan ham uchrashgan va ularni jinsiy ozchilikka mansub xodimlardan yuz o‘girmaslikka da‘vat qilgan.

U Prezident Putinning o‘tgan yili aytgan "geylar bolalarni nishonga olmoqda" qabilidagi so‘zlarini tanqid qilgan.

"Qanday qilib siz Rossiya Prezidenti bo‘la turib, bu kabi ahmoqona so‘zlarni aytishingiz mumkin?", - deya xitob qilgan ser Elton Jon.

Unga ko‘ra, Putinning geylarga munosabati "haqiqatdan uzoq va kulgili".

Ayni paytda qo‘shiqchi Putin bilan uchrashish istagi bir xayol ekanini tan olgan.

"Balki bu utopiyadir. U mening orqamdan eshikni yopganda ustimdan kulishi va meni g‘irt ahmoq deb aytishi mumkin. Ammo hech qursa, men bunga harakat qilganimdan vijdonim rohat bo‘ladi", - deb aytgan Elton Jon.

Rossiyaning voyaga yetmaganlar orasida hamjinsbozlikni targ‘ib qilishni taqiqlovchi qonuni g‘arbda qattiq tanqidlarga uchragan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio