Qirg‘iz-tojik chegarasida bir kishi yaralangan

Image caption Qirg‘iz tomonining da‘vo qilishicha, tojik chegarachilari noqonuniy harakat qilganlar

Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining bildirishicha, Tojikiston bilan chegarada yuz bergan so‘nggi hodisada bir qirg‘iz fuqarosi jarohatlangan.

KyrTag agentligining chegara xizmati mulozimidan iqtibos keltirishicha,11 sentyabr kuni Botken viloyatining Laylak tumanida tojik chegara qo‘shinlarining askari qirg‘iz fuqarosiga qarshi o‘qotar qurol ishlatgan.

Qirg‘iz tomoniga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarosi yuk mashinasida chegara chizig‘idan 10-15 metr ichkarida harakatlanayotgan bo‘lgan va tojik chegara qo‘riqchilarining ogohlantirishiga quloq solmagan.

"Qirg‘iz fuqarosi buyruqqa bo‘ysunmagan va qo‘shni davlat chegarachilari o‘t ochgan. Natijada qirg‘iz fuqarosi yengil jarohat olgan", deyiladi xabarda.

Hodisa joyiga yetib kelgan qirg‘iz chegarachilari yaralangan fuqaroni mahalliy shifoxonaga olib borgan va hozirda uning ahvoli qoniqarli ekani aytiladi.

Qirg‘iz va tojik chegara xizmatlari shanba kuni yuz bergan bergan hodisani muhokama qilish uchun uchrashganlar.

Qirg‘iz tomonining da‘vo qilishicha, tojik chegarachilari noqonuniy harakat qilganlar.

Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangani xabar qilinadi.

Tojikiston va Qirg‘izistonni 900 chaqirimdan ortiq davlat chegaralari ajratadi, ulardan 333 chaqirimi hanuzgacha demarkatsiya qilinmagan.

Chegara chiziqlari shartli va ko‘pincha aholi maskanlari orasidan yoki yo‘l yoqalab o‘tgan.

Tahlilchilar fikricha, bu yerda eng katta muammo mamlakatlar chegaralarni ko‘rsatadigan turli yillarda chiqarilgan xaritalardan foydalanishadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio