"Moldova, uyg‘on! Yetar shuncha chidading!"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Moldova, uyg‘on! Yetar shuncha chidading!"

Bu shior mana ikki haftaki Moldova poytaxti Kishinyov markazidagi ovozkuchaytirgichlardan qayta-qayta yangramoqda.

Mamlakat banklaridan 1 milliard dollarning yo‘qolib qolishi bois yuzaga kelgan aksilkorruptsiya namoyishi tez orada aksil hukumat noroziligiga aylanib ketdi.

Minglab odamlar mamlakat rahbariyatiga ishonchsizlik bildirib, hukumat iste‘fosini talab qilishmoqda.

Moldovada qashshoqlik, korruptsiya ildiz otgan, iqtisod bir joyda depsinmoqda.

Bu yerda endi ish boshlagan yosh shifokor 35 dollar atrofida (Real bozor narxida O‘zbekiston so‘mida 150 ming so‘mga yaqin) oylik maosh oladi, xolos.

Moldova hukumati islohotlarni va‘da berib keladi. Ammo ko‘pchilikning ishonishicha, hukumat davlat tepasida o‘tirgan bir hovuch amaldorga xizmat qilmoqda.

BBC lavhasini tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq