Assad: "G‘arb Rossiya, Suriya va Eronda hukumatni o‘zgartirmoqchi"

Image copyright AFP

Suriya prezidenti Bashar al-Assadning rossiyalik jurnalistlar bilan intervyuda aytishicha, G‘arbda uning o‘zi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hokimiyat tepasidan olib tashlashga qarshi targ‘ibot kampaniyasi ketmoqda.

"G‘arbga sheriklar va suveren davlatlar kerak emas. Ular Rossiyaga qanday da‘volari bor? Suriyaga-chi? Eronga-chi? Ular hammasi mustaqil davlatlar. Ular bu mamlakatlar tepasiga o‘z vatanining emas, balki ularning manfaatlari uchun amal qiladigan odamni qo‘yishni istashadi", - dedi Assad "Rossiya 24" va RT telekanallari orqali namoyish qilingan intervyuda.

Assadning aytishicha, uning iste‘fosi masalasini faqatgina Suriya xalqi hal qilishi mumkin.

U mojaroning tugatilishi yo‘lida muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. "Agar kim bilandir qo‘l siqishish Suriya xalqi foydasiga bo‘ladigan bo‘lsa, bu menga yoqadimi yo yo‘q, buni qilishimi kerak.

Rossiya Suriya prezidentining sanoqli ittifoqchilaridan biridir. Suriya hukumati qo‘shinlari hozirda mamlakatning atigi 20 foizini nazorat qiladi.

Biroz avval AQSh Davlat kotibi Jon Kerri rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovdan nima uchun Moskva Suriyada o‘z harbiy hozirligini oshirayotganini izohlab berishni so‘radi.

Kerriga ko‘ra, Rossiyaning Assadni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi Suriyadagi mojaroni uzaytirib, xalqaro hamjamiyatning ekstremistlarga qarshi kurashining beliga tepishi mumkin.

Rossiya esa Suriyaga "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi kurashishda yordam berayotganini aytadi.

Ayni damda Avstraliya hukumati ilk marta Suriya ichida ID nishonlariga havodan hujum qilganini ma‘lum qildi.

Avstarliya Suriya va Iroqdagi ID istehkomlarini nishonga olayotgan xalqaro harbiy koalitsiyaning a‘zosidir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio