Mumbay: "Odam piramida"lar mana shunaqa bo‘ladi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Piramida deganda, eng avvalo ko‘z o‘ngizga manaman, degandek ulkan xarsangtoshlardan yasalgan qadim Misr piramidalarining kelishi aniq.

Ammo tirik odamlarning o‘zlaridan yasalgan jonli piramida haqida nima deysiz?

Ustiga ustak Hindistonning Maharashtra shtatida bu kabi ajabtovur mashg‘ulot rasman g‘aroyib sport turi sirasiga ham kiritilibdi.

Mumbayning o‘zida esa, har yili o‘nlab guruhlarga birikkan odamlar jonli piramida yasab, Janmashtamu festivalini nishonlashadi.

"Jai Jawan Govinda Pathak" guruhi esa, 2012 yilgi festivalda 13.4 metrli "odam piramida" yasab, Ginnesning Rekordlar kitobiga ham kirishga ulgurgan.

Ha-aa, qiziqish deganda, shunaqasi ham bo‘ladi...

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio