O‘zbekistonda kasaba uyushmalari ishchini himoya qiladimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonda kasaba uyushmalaridan foyda bormi? Lug‘atga qaralsa, kasaba uyushmasi degan tushuncha o‘z huquqlari, o‘z kasbi, ish sharoitlari, maosh va nafaqa kabi imtiyozlarga erishish yo‘lida birlashgan ishchilar tashkilotini anglatadi.

Demokratik davlatlarda kasaba uyushmalari ishchilar nomidan amal qilib, hukumatlarni bosim ostiga oladi.

Frantsiya va Britaniya kabi kasaba uyushmalar qudratli hisoblangan mamlakatlarda ishchilar o‘z ish sharoitlari yaxshilanmasa yoki maoshlari oshirilmasa, ma‘lum muddatga ish tashlab jamiyatdagi tartibni izdan chiqarishlari mumkin.

Kasaba uyushmalarining vakillari muntazam ravishda hukumatlar bilan muzokaralar olib boradi va ishchilar talablarini ilgari suradi. O‘zbekistonda-chi?

Huquqlari poymol qilingan ishchi dodini kimga aytadi? BBC ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi yurist Shuhrat Rustamovga ana shu savollar bilan murojaat qildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio