El suygan aktyor Obid Yunusov olamdan o‘tdi

Image copyright kinoteatr.ru

O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov 21 sentyabr kuni 80 yoshida vafot etgan. Yunusov o‘zbek kino va teatrlarida mohirlik bilan o‘ynagan rollari va dublyajdagi takrorlanmas ovozi bilan xalq ko‘nglidan joy olgan ijodkor edi.

Taniqli o‘zbek adibi Uyg‘unning "Parvona" spektaklidagi bosh obraz - O‘tkuriy mashhur bo‘lishining asosiy omili O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusovning ijrosidir.

Obid Yunusov atoqli bastakor Yunus Rajabiyning farzandi.

U 1934 yil 20 noyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Teatr va rassomlik institutida 1952-56 yillari tahsil olgan.

Tomoshabinlar "To‘ylar muborak", "Maysaraning ishi", "Chinor ostidagi duel" badiiy filmlaridagi Obid Yunusov rollarini yaxshi bilishadi.

Obid Yunusov ovozi bilan 1000 dan ortiq film o‘zbek tiliga o‘girilgan.

Obid Yunusov ikki o‘g‘ilning otasi, 6 nabira, 2 evaraning buvasi bo‘lgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq