O‘zbekiston innovatsiya sohasida qo‘shni davlatlardan orqada

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Dunyoning 141 davlatida olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, innovatsion salohiyati eng yuksak bo‘lgan davlatlar Shveytsariya, Britaniya, Shvetsiya, Gollandiya va Qo‘shma Shtatlar ekan.

Xo‘sh, innovatsiya sohasidagi muvaffaqiyatlarning retsepti qanday?

Tadqiqotchilar, jumladan, Jahon Intellektual Mulk Tashkilotiga ko‘ra, bu- eng yaxshi universitetlar, sohaga katta sarmoya yo‘naltirish, olim va tadqiqotchilar sonining ko‘pligi demakdir.

Yuqorida nomi zikr etilgan davlatlar innovatsiya sohasiga yalpi ichki mahsulotning 1 foizi yoki shunga yaqin miqdorda mablag‘larni yo‘naltirishgan.

O‘zbekiston bu yilgi Global Innovatsiya Indeksida 122 - o‘rinni egallagan.

Bu Qirg‘izistondan 12, Tojikistondan 8, Qozog‘istondan esa 40 pog‘ona pastdir.

Indeksdan anglashilishicha, joriy yilda O‘zbekiston innovatsiya sohasiga yalpi ichki mahsulotning 0,14 foizinigina yo‘naltirgan, xolos.

2013 yilda bu raqam 0.19 foizni tashkil etgan edi.

Sho‘rolar davrida O‘zbekiston ilmiy-texnika taraqqiyoti darajasi bo‘yicha mintaqadagi yetakchi davlat sanalgan.

Xo‘sh, nima uchun Markaziy Osiyoning eng ko‘p aholi yashaydigan davlati innovatsiya sohasida oqsamoqda?

Biz ushbu mavzuni Farg‘onadan o‘zbek geofiziklari blogi asoschisi Shukurjon Islomov bilan muhokama qildik.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio